Qurbonlikning qazosi
Assalomu alaykum! Aziz Ustozlar, hozirgi paytda mablag‘im nisobga etgan. Kitoblarda moli nisobga etgan odamga qurbonlik qilish vojib bo‘ladi deyilgan. Meni o‘ylantirayotgan narsa mablag‘im nisobga etmagan yillari ehtiyojimdan tashqari farzandlar uchun er uchastkasi olganman va o‘zim yashab turgan uyimda ehtiyojimdan tashqari o‘g‘illarimni uylantirsam deb 3-4 xona ortiqcha uy qurganman. Savol: Shu ehtiyojimdan ortiqcha er uchastkasi va ortiqcha xonalar evaziga menga qurbonlik qilish vojib bo‘ladimi?
2) Agar qurbonlik vojib bo‘ladigan bo‘lsa qurbonlik qilmagan yillarimni hisoblab sadaqa qilishim kerakmi? Javoblaringiz uchun oldindan rahmat Alloh taolo qilayotgan xizmatlaringizni o‘zi munosib taqdirlasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Vojib bo‘lgan. Har bir yil uchun o‘rtacha bir qo‘yning qiymatini faqir miskinlarga sadaqa qilishingiz vojib. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 18:49 | Savol-javoblar | 159 | Ibodatlar