Tovuq fermalarida so‘yilgan tovuq halolmi?
Assalomu alaykum! Uztozlar, xozirgi paytda tovuq fermalarida kuniga 3-5 minglab tovuq so‘yilarkan. Ular har bir tovuq so‘yishda tasmaga yozilgan Bismillahi Allohu Akbarni qo‘llashar ekan. Shu tovuq go‘shtini halol hisoblasa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Halol bo‘lmaydi. Chunki Alloh taolo Qur’oni karimda وَلاَ تَأْكُلُواْ مِمَّا لَمْ يُذْكَرِ اسْمُ اللّهِ عَلَيْهِ وَإِنَّهُ لَفِسْقٌ وَإِنَّ الشَّيَاطِينَ لَيُوحُونَ إِلَى أَوْلِيَآئِهِمْ لِيُجَادِلُوكُمْ وَإِنْ أَطَعْتُمُوهُمْ إِنَّكُمْ لَمُشْرِكُونَ 121. Ustida Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni emanglar. Shubhasiz, u fisqdir. Albatta, shaytonlar o‘z do‘stlariga sizlar bilan tortishishni vasvasa qilurlar. Agar ularga itoat qilsangiz, albatta, sizlar ham mushriklar bo‘lursizlar – deb marhamat qilgan.(An’om surasi).
Muhammad Taqiy Usmoniy dunyoning iqtisod va yangi masalalar bo‘yicha eng etuk faqih hisoblanadilar. Butun dunyo ulamolari u kishining fiqhini tan oladilar. U kishi “Buhusun fii qodooyaa fiqhiya mu’siro” kitoblarida tasmaga yozilgan tasmiya kifoya qilmasligini va birinchi stanokni yurgizayotib aytilgan tasmiya kifo qilmasligini aytganlar. Chunki tasmiyani aytish so‘yuvchining zimmasiga vojib bo‘ladi, hatto bir kishi tasmiyani aytib boshqasi so‘ysa ham bo‘lmaydi. Agar elekt pichoqning oldiga biror kishini qo‘yib, har bir tovuq pichoq yoniga yaqinlashganda tasmiyani aytsa so‘ng pichoq o‘sha kelgan tovuqni so‘ysa ham joiz bo‘lmaydi. Chunki tasmiya so‘yuvchi tarafidan sodir bo‘lishi kerak, elektr pichoqning oldida turib tasmiya aytib turgan kishining esa so‘yishga hech qanday aloqasi yo‘q. Tovuqni ham tok olib keladi, so‘yuuvchi ham tok bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida bir nechta tovuqlar pichoq oldiga keladi. Har biriga Bismillahni ayti ham ulgurmaydi. Inson har bir tovuqqa Bissmillah-Bissmillah-Bissmillah deb turadigan avtomat ham emas. Birinchi yurgazganida Bissmillahni aytib qo‘yib qolganiga aytmasdan so‘yaverishi ovda Bissmillahni aytib itni qo‘yib yuborib keyin it o‘zi tutib kelishga ham o‘xshamaydi. Shuning uchun halol va haromni muhim deb bilgan mamlakatlarda o‘sha elektr pichoqlari o‘rniga bir necha odamni qo‘yilgan, har birini so‘yishda alohida Bissmillah ni aytishadi.
Ulamolar magnit tasmasidagi azon bilan azon ado bo‘lmaydi, magnit tasmasida o‘qilgan imom bilan janoza ado bo‘lmaydi deganlar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:32 | Savol-javoblar | 164 | Halol va harom