Farishtani kurgan odam
Assalomu aleykum, xurmatli Ustoz!Ruxsat etsangiz bir savol bilan murojat etsam. Bir tanishim bilan gaplaship kolganimda, uning xristian dinini kabul kilgani bilip koldim va "nega unday kilding, xristian dinida nima bor ekan shu narsa Islom dinida bulmasa, Xudo bir deyapsan, xristianning, buddisting Xudosi bir Xudo deyapsan, lekin U senga Islom dinini kabul kil, Paygambar Muxammad (s.a.v) ga ergash desa, sen nima uchun bu buyrukni bajarmayapsan" desam, u menga "Mening oldimga bir farishta keldi, u menga "Buldi endi shu yurishing! Bas kil!" dedi" dedi. Bu gapiga nima deyishimni bilmay koldim. Uzi yolgon gapirmaydigan kishi. Alkogolli ichimliklar ichmaydi, chekmaydi (shuning uchun xristian dinini kabul kildi deydigan bulsam). (Bu kishi Kozogistonda xristian sektaga kirgan, ular unga ishlarin yuritishida moddiy yordam berishni va’da kilganga uxshaydi. Ular uni gipnoz yoki shunga uxshagan narsa bilan bir narsa kilmadimi ekan?)Ustoz, "menim oldimga farishta keldi, men bilan gaplashti, u Iyso alayxisalom edi, u menga bunday dedi..." degan gaplarga kanday javob berishimiz kerak?Kimmatli vaktingizni olganim uchun ming bor uzur. Yozganimda xato ketkan bulsa meni kechiring. Kullimnan kelganicha ilm urganiyapman, kitoblaringizni ukib yurman. Kilayotgan ishlaringiz uchun kup raxmat. Allox ta’alo kabul kilgay dinimiz uchun kilayotgan ishlaringizni va Uzi sizga yordamchi bulgay!!! Ulkan xurmat bilanKaxarman SaparniyazovKorakalpogiston, Nukus.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Uning “oldimga farishta keldi” degani yolg‘on va aldamchilikdir. Siz unga, o‘sha farishtani menga ko‘rsat, deng. Hozir ko‘proq moddiy ilinjda ularga ergashayotganlar ko‘p. Ularga tushuntirish kerak. Bizning missionerlarning kirdikorlarini fosh qiluvchi “Hilol.uz.” saytimiz bor. O‘sha saytga kiring, haligi gumrohga ham uni ko‘rsating.
29 Aprel 2022, 21:51 | Savol-javoblar | 197 | Boshqa ibodatlar