Valadi zino aborti

Assalomu alaykum! Ustozlar, bir ayol bilan erkak zino qilib keyin u tufayli ayol homilador bo‘lib qolganda homilasini hali u rivojlanmasdan abort qildirsa albatta gunohi kabiradir. Shunga shunday ishlardan keyin tavba qilsa tavbasi o‘tadimi? Bunday holatda erkak kishiga biror bir yo‘l bormi, masalan tavbasi uchun qandaydir badalmi? Iltimos shunga yorqinroq aniqroq javop bersangizlar. Alloh kechirsin va tavbalarimizni qabul qilsin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh bandasiga o‘ta mehribon, balog‘at yoshiga etgunicha insonga hech qanday ixtiyor bermadi. Kimdan tug‘ilishini, qaerda tug‘ilishini, qaysi shaklda tug‘ilishini. Bularni hammasini majburiy qildi. Rizqini ham O‘zi etkazdi, balog‘at yaqinlashgach Unga ixtiyor berdi, aql berdi. Hamma tarafdan Alloh O‘zining borligini bildiruvchi alomatlarni ko‘rsatib qo‘ydi. Ixtiyor berishidan murod Alloh O‘zini majburlab yaxshi ko‘rishni xohlamadi. Agar Meni yaxshi ko‘rsa o‘z ixtiyori bilan yaxshi ko‘rsin, Menga itoat qilsa o‘z ixtiyori bilan itoat qilsin. agar Mendan yuz o‘girsa o‘z ixtiyori bilan yuz o‘girsin degan ma’noda. Agar banda Robbisini ixtiyor qilsi, itoat qilsa, gunohlariga nadomat va tavba qilsa abadiy jannat  berishini, O‘z diydoriga musharraf qilishini va’da qildi. عن أنس بن مالك رضي الله عنه قال: سمعت رسول الله - صلى الله عليه وسلم - يقول: قال الله تبارك وتعالى: (يا ابن آدم إنك ما دعوتني ورجوتني غفرت لك على ما كان فيك ولا أبالي، يا ابن آدم لو بلغت ذنوبك عنان السماء ثم استغفرتني غفرت لك ولا أبالي، يا ابن آدم إنك لو أتيتني بقراب الأرض خطايا ثم لقيتني لا تشرك بي شيئا لأتيتك بقرابها مغفرة) رواه الترمذي Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Alloh taborak va ta’alo “Ey Odam farzandi sen Menga duo qilar ekansan va Mendan umid qilar ekansan har qancha gunohga botgan bo‘lsang ham seni kechiraman. Kechirishimga parvo ham qilmayman. Ey Odam farzandi agar seni gunohlaring samo bulutlariga etgan taqdirda ham sen Mendan mag‘firat so‘rasang seni kechiraman va kechirishimga parvo ham qilmayman. Ey Odam farzandi agar sen Mening huzurimga dunyo to‘la gunoh bilan kelsangu so‘ng Menga biror narsani sherik qilmagan holatda yo‘liqsang, senga dunyo to‘la mag‘firat bilan muomala qilaman” dedi” deyayotganlarini eshitganman.
Termiziy rivoyati.
Butun dunyo insonlari tinmay gunoh qilganlarida ham ularning gunohi osmongacha etadigan bo‘lolmaydi. Gap faqat tavba qilishda xolos. Robbisidan yuz o‘girmaslikda xolos. Alloh taolo “Niso” surasida  وَمَن يَعْمَلْ سُوءًا أَوْ يَظْلِمْ نَفْسَهُ ثُمَّ يَسْتَغْفِرِ اللّهَ يَجِدِ اللّهَ غَفُورًا رَّحِيمًا۝ 110. Kim bir yomonlik qilsa yoki o‘ziga zulm etsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat so‘rasa, Allohning tavbani ko‘plab qabul qiluvchi, o‘ta rahmli ekanini topadir – deb marhamat qilgan.
Bu ixtiyor inson vafot topgunichadir. Vafot topgach yana majburiy holatiga tushadi. Yoki azob olishga majbur yoki ne’mattga ko‘milishga majbur bo‘ladi. Shu ozgina muddatda bandada tanlash ixtiyori bo‘ladi. عَنِ ابْنِ أَبِي مُوسَى، عَنْ أَبِيهِ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّهُ كَانَ يَدْعُو بِهَذَا الدُّعَاءِ: رَبِّ اغْفِرْ لِي خَطِيئَتِي وَجَهْلِي وَإِسْرَافِي فِي أَمْرِي كُلِّهِ، وَمَا أَنْتَ أَعْلَمُ بِهِ مِنِّي، اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي خَطَايَايَ وَعَمْدِي وَجَهْلِي وَهَزْلِي، وَكُلُّ ذَلِكَ عِنْدِي، اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي مَا قَدَّمْتُ وَمَا أَخَّرْتُ، وَمَا أَسْرَرْتُ وَمَا أَعْلَنْتُ، أَنْتَ الْمُقَدِّمُ، وَأَنْتَ الْمُؤَخِّرُ، وَأَنْتَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ
وَقَالَ عُبَيْدُ اللهِ بْنُ مُعَاذٍ: وَحَدَّثَنَا أَبِي، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ أَبِي إِسْحَاقَ، عَنْ أَبِي بُرْدَةَ بْنِ أَبِي مُوسَى، عَنْ أَبِيهِ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ
 Ibn Abu Muso otasidan rivoyat qiladi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday duo qilardilar: «Robbig‘firlii xotii’atii va jahlii va isroofii fii amrii kullih va maa anta a’lamu bihii minnii. Allohummag‘firlii xotooyaaya va ’amdii va jahlii va hazlii va kullu zalika ’indii. Allohummag‘firlii maa qoddamtu va maa axxortu va maa asrortu va maa a’lant, antal muqoddimu va antal mu’axxir va anta ’alaa kulli shay’in qodiir».

* Duoning ma’nosi: «Robbim, xatoyimni, nodonligimni, barcha ishlardagi isrofimni va O‘zing mendan ko‘ra yaxshiroq bilgan narsalarimni mag‘firat qilgin! Allohim, xatolarimni: qasddan qilganim, hazillashib qilganim, nodonlikdan qilganlarimni mag‘firat qilgin! Bularning barchasi menda bordir. Allohim, mening avvalu oxir, xufyonayu oshkora qilgan(gunoh)larimni mag‘firat qilgin. Muqaddim (oldinga qo‘yuvchi) ham O‘zingsan, Muaxxir (orqaga suruvchi) ham O‘zingsan. Sen har narsaga qodirsan». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:32 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar