Shu ma’lumot to‘g‘rimi?

Assalomu alaykum! Manxattandagi ikkita egizak bino portlagan yili Xazrat bo‘lib o‘tgan bu fojeaning Islomga aloqasi yo‘qligini, Islomning o‘zi terrorga qarshi ekanligini "DALILLASh" va bu borada ma’ruzalar qilish uchun Amerikaga chaqirildilar... Albatta u erdagi jurnalistlar bundan xabar topishadi va samolyotdan tushishlari bilan odatlariga ko‘ra Xazratni o‘rab, SAVOLga tutishadi. Xazrat ular bilan salomlashadilar u savollarga javob bermay turaveradilar. Nixoyat savol beruvchilar jimib qoladilar. Shunda Xazrat jurnalistlarga qarab: --- "Islom odobida men mexmon u, sizlar mezbonsizlar, odatda mezbonlar mexmonni savolga tutmaydilar, aksincha mexmon mezbonga savol bilan murojaat qiladi, deydilar. Shunda jurnalistlar bu mantiqli gapdan keyin yanayam jim bo‘lib qolishadi. Oralaridan birovi: --- "So‘rang biz javob berishga tayyormiz, deydi jimlikni buzib... Shayx xazratlari davom etadilar: --- "Islomda ko‘p gaplik ISROFga kiradi, shuning uchun men beradigan savollarga bir og‘iz “xa” va “yo‘q” desagiz bo‘ldi, deydilar... Jurnalistlar taajubda yanayam XUShYoR* tortadilar. Xazrat davom etadilar: --- "Avvalo aytinglarchi, sizlar men bilan Islom dini, shariat ilmi bo‘yicha munozaraga qalban tayyormisizlar, bu soxadagi BILIMingiz etarli deb o‘ylaysizlarmi? --- "Yo‘q. Amerikani demokratiyaning beshigi deyishadi, sizlar turli gazeta va jurnallar, radio va telekompaniyalarining vakilisizlar, aytinglarchi, demokratiya talablaridan kelib chiqib o‘z kompaniyangizni o‘zingizda tanqid qila olasizlarmi?! --- Yo‘q... Afsuski, amerikalik jurnalistlarning og‘zini LANG OChILIB , tan bergizib qo‘ygan Xazratning bunday savollari anchagina edi. Boshqalarini xotiramda tiklay olmadim... O‘shanda ustozning savollaridan kelib chiqib Amerikaga qanday <<OLIM> kelganligi xaqidagi shov~ shuv yashin tezligida tarqagan. U kishi o‘n besh kunlik safarlari davomida o‘n oltita shtatda bo‘lishga ulgurganlar. Xazratni xamma joyda qizg‘in kutib olishgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bizni xabarimiz yo‘q. Shu ma’lumotni keltirgan kishining o‘zidan so‘rang. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:32 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar