Qazrdorning exson qilishi

Assalomu alaykum! Qarzim bo‘la turib xam exson qilsam yoki sadaqa bersam bo‘ladimi? Oilaviy qarzimiz bor InshaAllah shu kunlarda jonliq so‘yib uyda exson qilmoqchimiz. Buni qarzdor xolatda qilsa xam bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Haqdordan so‘rashingiz shart. Aks holda harom ishga qo‘l urgan bo‘lasizlar va  hech qanday savob ololmaysizlar. Ustiga ustak riyo kabi gunoh bo‘lishi ham mumkin.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:59 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar