Qizil kiyim

Assalomu alaykum! Rahmatli shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf janoblari javob bergan ekanlar qizil kiyim butunlay qizil bo‘lmasa joiz va yana boshqa javoblarida chiziqlari bo‘lsa xam degan ekanlar. Butunlay deganda men boshdan oyoqni tushundim, bu to‘g‘rimi? Yani qizil kurtkani boshqa rangdagi kiyim bilan kiyish joizmi? Bundan tashqari bir xadisda o‘qigandim aniq eslay olmadim, payg‘ambarimiz alayxissalomni qizil rangli kiyimda ko‘rganimda ulardan go‘zalroq odamni ko‘rmagandek edim deb yozilgan. Iltimos sharxlab bersangizlar. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qizil kiyim erkaklarga makruh hisoblanadi. Siz keltirgan hadisni ulamolar: “To‘laligicha qip-qizil kiyim bo‘lgan emas. Qizil yo‘lagi bo‘lgan” deyishgan. Bir kiyim degandan bir sidra kiyim deganmas yoki shim yoki ko‘ylakni o‘zini qizil bo‘lishi ham mukruh. Qaytarilgan qizil o‘zbek tilida sho‘x-lovullagan qizildir. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:35 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar