Masjidimiz imomining savoli

Bismillahir rohmanir rohiym. Assalomu amalaykum hurmatli Shayx xazratlari. Alloh Sizni va bizni o‘zi rozi bo‘ladigan bandalaridan qilsin.Xazrat Sizga masjidimiz imomining savolini yo‘llamoqchi edim.U kishi zakladni (ya’ni ma’lum mahsulotni aynan bir xaridorga sotish uchun ana shu xaridor tomonidan oldindan berilgan ma’lum miqdordagi pul) agar xaridor mahsulotni sotib olishdan bosh tortsa qaytarib berilishiga qanday xujjat borligini bilmoqchi ekanlar. Xujjat so‘ralishligini odobsizlik emas balki ilm uchun deb bilishingizni hohlaymiz.Chunki u kishiga shunday savol berilibdi.Savolni noto‘g‘ri shaklda etkazgan bo‘lsam meni kechiring.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Avvalo o‘zbek tilida “zaklad” degan so‘z yo‘q. Qolaversa, ushbu sahifada bunga o‘xshash savollarga javob beraverib zerikib ketdik. Hanafiy mazhabida bayboshini qaytarib berishning sababi, bu ish evazsiz pul olish bo‘lgani uchun, deya izohlanadi.

2 May 2022, 18:44 | Savol-javoblar | 157 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar