Namozxonga xalal berganda
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, uyda onam, singlim va men namoz o‘qiymiz, alhamdulillah! Lekin, afsuski, dadam va opam o‘qishmaydi. Ba’zan namozimizga xalal berishadi ham albatta, o‘zlari bilmasdan. Lekin namozimizni hurmat qilishadi. Masalan, men namoz o‘qiyotganda, opam telefonda baland ovozda gaplashadilar. Juda ko‘p bora bu bizni chalg‘itishini aytganman. Foydasi bo‘lmadi. Shunday holatda men namoz ichida paytim ular menga xalal berishsa biror ishora bilan ularga buni bildirishim mumkinmi? Bu aniq emas, shuning uchun sizlardan so‘rashga qaror qildim, shunday holda ovozni chiqarib o‘qisa bo‘lar ekan, bu to‘g‘rimi? Javobingiz uchun tashakkur, ustozlar! Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ayol kishi doimo o‘zi eshitadigan darajada o‘qiydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:38 | Savol-javoblar | 157 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ayol kishi doimo o‘zi eshitadigan darajada o‘qiydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:38 | Savol-javoblar | 157 | Namoz