Lion haqida ma’lumot bersangiz
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Lion haqida ma’lumot bersangiz ilm uchun. Izlash xizmatidan to‘liq ma’lumot topolmadim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Kitob o‘qish kerak. Bu masala bizning tilimizda bayon qilinganiga necha yillar bo‘lib ketdi. Kitob o‘qimaguncha odam ma’lumotni to‘liq olishi mumkin emas. Uzuq - yuluq ma’lumotlar bilan Islomni o‘rganaman degan odam xato qiladi. Shu bilan birga bizga o‘xshagan xizmatchilarni ham ovvora qilib, vaqtini, zehnini, imkoniyatlarini behuda ketishiga sababchi bo‘ladi. Misol uchun kamina xodimingiz bu masalani bir necha kitoblarda, jumladan, "Kifoya" kitobida yozgan ekanman. Kim ushbu kitobni o‘qisa, ma’lumot oladi. Siz esa, meni o‘sha o‘zim yozgan narsani sizga topib berishga majbur qilmoqdasiz. LI’ON HAQIDAGI FASL Kim afiyfa xotinini zinoda ayblasa va ularning ikkisi ham guvohlikka yaraydigan bo‘lsa yoki er ayol tuqqan bolani inkor qilsa hamda ayol talab qilsa, li’on aytishadi. Er boshlaydi va to‘rt marta «Alloh ila qasam ichamanki, men ayolni zinoda ayblayotganimda yoki bolani inkor qilayotganimda, albatta, rostgo‘ydirman», deydi. Beshinchisida «agar ayolni zinoda ayblashimda yolg‘onchi bo‘lsam...» deb o‘ziga Allohning la’nati bo‘lishini aytadi. So‘ngra ayol to‘rt marta «Alloh ila qasam ichamanki, u menga qo‘yayotgan aybda yolg‘onchidir», deydi. Beshinchisida «Agar u menga qo‘yayotgan aybda rostgo‘ylardan bo‘lsa...» deb o‘ziga Allohning g‘azabi bo‘lishini aytadi. Keyin qozi ikkovlarining orasini ajratadi va bolaning nasabini erdan rad qiladi. Shu bilan bir boin taloq tushadi. Agar er bosh tortsa, to li’on aytishgunicha yoki o‘zini yolg‘onchiga chiqarguncha qamab qo‘yiladi. Agar xotin bosh tortsa ham, to li’on aytishguncha yoki uning gapi tasdiqlagunicha qamab qo‘yiladi. Agar er qul yoki kofir yoxud birovni zinoda ayblagani uchun darra urilgan bo‘lsa, darra uriladi. Agar er li’onga solih bo‘lsa-yu, xotin cho‘ri, kofir, birovni zinoda ayblagani uchun darra urilgan, kichik yoshda, majnuna yoki zoniya bo‘lsa, erga darra urilmaydi. Shuningdek, li’on aytish ham bo‘lmaydi. Li’on aytishganlar abadiy jamlana olmaydilar. Agar er o‘zini yolg‘onchiga chiqarsa, darra uriladi va ayolning nikohi unga halol bo‘ladi. Shuningdek, er boshqa ayolni zinoda ayblab, darra urilsa yoki xotin zino qilsa va unga darra urilsa ham. Soqovning zinoda ayblashida va homilani inkor qilishida li’on yo‘q. «Sen zino qilding va bu homila o‘shandandir» desa, li’on aytishadi va homila nafiy(inkor qilingan) bo‘lmaydi. Kim tabriklash zamonida yoki tug‘ish uchun narsalarni sotib olish davrida bolani inkor qilsa, o‘tadi. Keyin o‘tmaydi. Ikki holatda ham li’on aytishadi. Agar egizaklarning avvalgisini inkor qilib, ke-yingisini e’tirof qilsa, unga darra uriladi. Aksi bo‘lganda, li’on aytishadi. Ikki masalada ham bolalarning nasabi sobit bo‘ladi. «Li’on» so‘zi «la’nat»dan olingan bo‘lib la’natlashish ma’nosini anglatadi. Shariatda esa, xotinini zinoda ayblab, guvoh keltira olmagan erning va zinoni rad etgan xotinning qozining oldida bir-birlarini la’natlashlariga aytiladi. Bu hukm shariatga Qur’oni Karim oyati orqali kirgan. Alloh taolo «Nur» surasida shunday deydi: «O‘z juftlariga (bo‘hton) toshi otib, faqat o‘zlaridan boshqa guvohlari bo‘lmaganlar esa, bas, ulardan har birining guvohligi Allohning nomi ila to‘rt marta, albatta, u rostgo‘ylardan ekanligi haqida shohidlik berishdir. Beshinchisida esa, agar yolg‘onchilardan bo‘lsa, unga Allohning la’nati bo‘lishini (aytishlikdir). Va u(ayol)dan azobni qaytaradigan narsa Allohning nomi ila to‘rt marta, albatta, u(er) yolg‘onchilardandir, deb shohidlik berishidir. Beshinchisida esa, agar u(er) rostgo‘ylardan bo‘lsa, o‘zi(ayol)ga Allohning g‘azabi bo‘lishini (aytishlikdir). Agar sizlarga Allohning fazli va marhamati bo‘lmaganida! Albatta, Alloh tavbalarni ko‘plab qabul qilguvchi va o‘ta hikmatli zot bo‘lmaganida edi...» (6-,10-oyatlar). «Muxtasari Viqoya»da kelgan matn quyidagicha boshlanadi: Kim afiyfa xotinini zinoda ayblasa va ularning ikkisi ham guvohlikka yaraydigan bo‘lsa yoki er ayol tuqqan bolani inkor qilsa hamda ayol talab qilsa, li’on aytishadi. Ayolning afiyfa bo‘lishi shartidan agar oldin zino qilgani ma’lum bo‘lsa, zino haqida unga tuhmat bo‘lgan bo‘lsa, otasi ma’lum emas bolasi bo‘lsa, fosid nikohda bo‘lgan bo‘lsa va shunga o‘xshash ayollar bilan li’on qilinmaydi. Ikkovlarining guvohlikka yaraydigan bo‘lishlari ham shart. Ya’ni, majnun, birovni zinoda ayblagani uchun had urilgan, qul, yosh bola, kofir bo‘lmasliklari lozim. Xotini tuqqan bolani «Mendan emas» deyish ham xotinni zinodan ayblashning katta alomatlaridan biri. Bu holatlarda xotin o‘zidan bu orni rad qilish uchun qoziga arz qilsa, oralarida li’on aytishish yo‘lga qo‘yiladi. عَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ أَنَّ رَجُلاً مِنَ الأَنْصَارِ جَاءَ إِلَى رَسُولِ اللهِ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ أَرَأَيْتَ رَجُلاً وَجَدَ مَعَ امْرَأَتِهِ رَجُلاً أَيَقْتُلُهُ أَمْ كَيْفَ يَفْعَلُ؟ فَأَنْزَلَ اللهُ فِي شَأْنِهِ مَا ذَكَرَ فِي الْقُرْآنِ مِنْ أَمْرِ الْمُتَلاَعِنَيْنِ فَقَالَ النَّبِيُّ : قَدْ قَضَى اللهُ فِيكَ وَفِي امْرَأَتِكَ فَتَلاَعَنَا فِي الْمَسْجِدِ وَأَنَا شَاهِدٌ فَلَمَّا فَرَغَا قَالَ: كَذَبْتُ عَلَيْهَا يَا رَسُولَ اللهِ إِنْ أَمْسَكْتُهَا فَطَلَّقَهَا ثَلاَثًا قَبْلَ أَنْ يَأْمُرَهُ رَسُولُ اللهِ حِينَ فَرَغَا مِنَ التَّلاَعُنِ قَالَ ابْنُ شِهَابٍ فَكَانَتِ السُّنَّةُ بَعْدَهُمَا أَنْ يُفَرَّقَ بَيْنَ الْمُتَلاَعِنَيْنِ وَكَانَتْ حَامِلاً وَكَانَ ابْنُهَا يُدْعَى ِلأُمِّهِ ثُمَّ جَرَتِ السُّنَّةُ فِي الْمِيرَاثِ أَنَّهَا تَرِثُهُ وَيَرِثُ مِنْهَا مَا فَرَضَ اللهُ لَهُ . زَادَ فِي رِوَايَةٍ: فَقَالَ : إِنْ جَاءَتْ بِهِ أَحْمَرَ قَصِيرًا كَأَنَّهُ وَحَرَةٌ فَلاَ أُرَاهَا إِلاَّ قَدْ صَدَقَتْ وَكَذَبَ عَلَيْهَا وَإِنْ جَاءَتْ بِهِ أَسْوَدَ أَعْيَنَ ذَا أَلْيَتَيْنِ فَلاَ أُرَاهُ إِلاَّ قَدْ صَدَقَ عَلَيْهَا فَجَاءَتْ بِهِ عَلَى الْمَكْرُوهِ مِنْ ذَلِكَ. رَوَاهُ الأَرْبَعَةُ. وَفِي رِوَايَةٍ: قَالَ لَهُمَا: حِسَابُكُمَا عَلَى اللهِ أَحَدُكُمَا كَاذِبٌ لاَ سَبِيلَ لَكَ عَلَيْهَا قَالَ: مَالِي قَالَ: لاَ مَالَ لَكَ إِنْ كُنْتَ صَدَقْتَ عَلَيْهَا فَهُوَ بِمَا اسْتَحْلَلْتَ مِنْ فَرْجِهَا وَإِنْ كُنْتَ كَذَبْتَ عَلَيْهَا فَذَاكَ أَبْعَدُ لَكَ. Sahl ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ansorlardan bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib: «Yo Rasululloh! Ayting-chi, bir odam o‘z ayoli ila bir kishining topsa, uni o‘ldiradimi yoki nima qiladi?» – dedi. Shunda Alloh uning to‘g‘risida Qur’onda zikr qilingan ikki bir-biri bilan la’natlashishuvchi haqidagi narsani nozil qildi. Bas, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Batahqiq, Alloh sen va ayoling haqingizda hukm qildi. Endi, masjidda la’natlashishinglar, men shohidman», – dedilar. Forig‘ bo‘lganlaridan keyin (er): «Agar uni ushlab tursam, unga nisbatan yolg‘on gapirgan bo‘laman, – dedi-da, unga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam la’natlashishni tugatganlaridan keyin amr qilmaslaridan turib uch taloq qildi. Ibn Shihob: «Ikkovlaridan keyin ikki la’natlashishuvchi orasini ajratib qo‘yish sunnat bo‘lib qoldi. Ayol homilador edi. O‘g‘li onasining nomi ila chaqirilar edi. So‘ngra merosda u onasidan, onasi undan meros olishi joriy bo‘ldi, – dedi». Boshqa bir rivoyatda: «Ul zot sollallohu alayhi vasallam: «Agar qizg‘ish, bo‘yi past, vahraga o‘xshash tug‘sa, ayol rostgo‘y, er esa unga nisbatan yolg‘on gapirgan bo‘ladi. Agar (ayol) qora, ko‘zi va ikki dumbasi katta bola tug‘sa, er uning haqida rost gapirgan bo‘ladi», – dedilar. Ayol o‘sha narsalardan xush ko‘rilmaganini tug‘di», deyilgan. To‘rtovlari rivoyat qilishgan. Yana boshqa bir rivoyatda: «Ul zot sollallohu alayhi vasallam ikkovlariga: «Ikkovingizning hisobingiz Allohga havola. Ikkingizdan biringiz yolg‘onchisiz. Sen uchun endi unga yo‘l yo‘q», – dedilar. «Molim-chi?» – dedi u. «Senga mol yo‘q. Agar rost gapirgan bo‘lsang, mol u(ayol)ning farjini o‘zingga halol qilib olganing uchun. Agar unga nisbatan yolg‘on gapirgan bo‘lsang, u (mol) sendan yana ham uzoq», – dedilar», deyilgan. عَنِ ابْنِ عُمَرَ قَالَ: جَاءَ رَجُلٌ مِنَ الأَنْصَارِ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ لَوْ أَنَّ رَجُلاً وَجَدَ مَعَ امْرَأَتِهِ رَجُلاً فَتَكَلَّمَ جَلَدْتُمُوهُ أَوْ قَتَلَ قَتَلْتُمُوهُ أَوْ سَكَتَ سَكَتَ عَلَى غَيْظٍ فَقَالَ: اللَّهُمَّ افْتَحْ وَجَعَلَ يَدْعُو فَنَزَلَتْ آيَةُ اللِّعَانِ فَتَلاَهَا عَلَيْهِ وَوَعَظَهُ وَذَكَّرَهُ وَأَخْبَرَهُ أَنَّ عَذَابَ الدُّنْيَا أَهْوَنُ مِنْ عَذَابِ الآخِرَةِ قَالَ: لاَ وَالَّذِي بَعَثَكَ بِالْحَقِّ مَا كَذَبْتُ عَلَيْهَا ثُمَّ دَعَاهَا فَوَعَظَهَا وَذَكَّرَهَا وَأَخْبَرَهَا أَنَّ عَذَابَ الدُّنْيَا أَهْوَنُ مِنْ عَذَابِ الآخِرَةِ قَالَتْ: لاَ وَالَّذِي بَعَثَكَ بِالْحَقِّ إِنَّهُ لَكَاذِبٌ فَبَدَأَ بِالرَّجُلِ فَشَهِدَ أَرْبَعَ شَهَادَاتٍ بِاللهِ إِنَّهُ لَمِنَ الصَّادِقِينَ وَالْخَامِسَةُ أَنَّ لَعْنَةَ اللهِ عَلَيْهِ إِنْ كَانَ مِنَ الْكَاذِبِينَ ثُمَّ ثَنَّى بِالْمَرْأَةِ فَشَهِدَتْ أَرْبَعَ شَهَادَاتٍ بِاللهِ إِنَّهُ لَمِنَ الْكَاذِبِينَ وَالْخَامِسَةُ أَنَّ غَضَبَ اللهِ عَلَيْهَا إِنْ كَانَ مِنَ الصَّادِقِينَ ثُمَّ فَرَّقَ بَيْنَهُمَا. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ansorlardan bir kishi kelib: «Yo Rasululloh! Kishi o‘z ayoli bilan bir odamni ushlab olsa, bu haqda gapirsa, darra urasizlar yoki sukut saqlasa, dardu alam bilan sukut saqlaydi», – dedi. Ul zot sollallohu alayhi vasallam: «Allohim! o‘zing kushoyish ber», – deb duo qila boshladilar. Shunda li’on oyati nozil bo‘ldi. Bas u zot uni haligi odamga tilovat qilib berdilar, unga va’z qildilar, eslatdilar. Bu dunyoning azobi oxiratning azobidan engil ekanining xabarini berdilar. U esa: «Yo‘q! Sizni haq ila yuborgan Zot ila qasamki, men uning haqida yolg‘on gapirmadim», – dedi. So‘ngra u zot u(ayol)ni chaqirdilar, unga va’z qildilar, eslatdilar. Bu dunyoning azobi oxiratning azobidan engil ekanining xabarini berdilar. U esa: «Yo‘q! Sizni haq ila yuborgan Zot ila qasamki, u yolg‘onchidir», – dedi. Bas, u zot erkakdan boshladilar. U to‘rt marta Allohning nomi ila (qasam ichib) o‘zining rostgo‘ylardan ekanligiga guvohlik berdi. Beshinchisida esa, agar yolg‘onchilardan bo‘lsa, albatta, unga Allohning la’nati bo‘lishini aytdi. So‘ngra ayolga o‘tdilar. Bas, u ham to‘rt marta Allohning nomi ila (qasam ichib) u (er) yolg‘onchilardan ekanligiga guvohlik berdi. Beshinchisida esa, agar u(er) rostgo‘ylardan bo‘lsa, albatta, o‘ziga Allohning g‘azabi bo‘lishini aytdi. So‘ngra u zot ikkovlarining orasini ajratib qo‘ydilar». Muslim va Termiziy rivoyat qilishgan. Ikkisi qozining oldida jamlanganlaridan keyin li’on aytish quyidagicha amalga oshiriladi. Er boshlaydi va to‘rt marta «Alloh ila qasam ichamanki, men ayolni zinoda ayblayotganimda yoki bolani inkor qilayotganimda, albatta, rostgo‘ydirman», deydi. Beshinchisida «Agar ayolni zinoda ayblashimda yolg‘onchi bo‘lsam...» deb o‘ziga Allohning la’nati bo‘lishini aytadi. So‘ngra ayol to‘rt marta «Alloh ila qasam ichamanki, u menga qo‘yayotgan aybda yolg‘onchidir», deydi. Beshinchisida «Agar u menga qo‘yayotgan aybda rostgo‘ylardan bo‘lsa...» deb o‘ziga Allohning g‘azabi bo‘lishini aytadi. Keyin qozi ikkovlarining orasini ajratadi va bolaning nasabini erdan rad qiladi. Shu bilan bir boin taloq tushadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrlarida va ishtiroklarida xuddi shunday bo‘lgan. Buni avvalroq o‘rganib o‘tdik. Agar er bosh tortsa, to li’on aytishgunicha yoki o‘zini yolg‘onchiga chiqarguncha qamab qo‘yiladi. Agar xotin bosh tortsa ham, to li’on aytishguncha yoki uning gapini tasdiqlagunicha qamab qo‘yiladi. Agar er qul yoki kofir yoxud birovni zinoda ayblagani uchun darra urilgan bo‘lsa, darra uriladi. Chunki, u mazkur nuqsonlar sababli li’on aytishishga yaramaydi. Uzr uning tarafidan chiqqan bo‘lgani uchun jazoga tortiladi. Alloh taolo «Nur» surasida: «Pokiza ayollarga (bo‘hton) toshi otib, so‘ngra to‘rtta guvoh keltira olmaganlarni sakson darra uringlar», degan. Agar er li’onga solih bo‘lsa-yu, xotin cho‘ri, kofir, birovni zinoda ayblagani uchun darra urilgan, kichik yoshda, majnuna yoki zoniya bo‘lsa, erga darra urilmaydi. Shuningdek, li’on aytish ham bo‘lmaydi. Chunki, mazkur sifatlardan biriga ega bo‘lgan ayol li’on aytishga yaroqli emas. Li’on aytishganlar abadiy jamlana olmaydilar. Ya’ni, ikkovi yana qayta nikohlanishiga mutlaqo yo‘l yo‘q. Agar er o‘zini yolg‘onchiga chiqarsa, darra uriladi va ayolning nikohi unga halol bo‘ladi. Shuningdek, er boshqa ayolni zinoda ayblab, darra urilsa yoki xotin zino qilsa va unga darra urilsa ham. Er o‘zini yolg‘onchiga chiqargandan keyin shahodatdan qaytgan bo‘ladi. Bundan keyin oralarida bo‘lgan li’on ham behudaga chiqadi va ayolning nikohi unga durust bo‘ladi. Er o‘zi li’on aytishgan xotinidan boshqa ayolni zinoda ayblab, gapi yolg‘on chiqib darra urilganidan keyin li’onga salohiyati qolmaydi. Shuning uchun, avvalgi narsa ham o‘z kuchini yo‘qotadi va avval li’on aytishgan ayolning nikohi unga joiz bo‘ladi. Er nikohdan keyin, duxuldan oldin ayol bilan li’on aytishib ajrashdi. Keyin haligi ayol zino qilib oilali bo‘lmagani uchun darra urildi. Shu holda ham er mazkura ayolni, agar avval u bilan li’on aytishgan bo‘lsa ham, nikohlab olsa, joiz. Soqovning zinoda ayblashida va homilani inkor qilishida li’on yo‘q. Li’on ochiq-oydin so‘zlarga bog‘liq bo‘lgani sababli, gapira olmaydigan odamning ayblashi shubha o‘rniga o‘tadi va u zinoda ayblaganida li’on bo‘lmaydi. Homilani inkor qilish ham shubha, xolos. Zinodan boshqa sabab ila homila paydo bo‘lgan ehtimoli bor. Shuning uchun, bu holatda ham li’on amalga oshirilmaydi. «Sen zino qilding va bu homila o‘shandandir» desa, li’on aytishadi va homila nafiy(inkor qilingan) bo‘lmaydi. Bu erda «zino» so‘zini ochiq aytgani uchun zinoda ayblash sobit bo‘ladi va li’on aytishga zamin topiladi. Homilaning nafiy bo‘lmasligi li’onning «zino» so‘zi uchun bo‘lgani, homilani inkor qilgani uchun emasligi sabablidir. Kim tabriklash zamonida yoki tug‘ish uchun narsalarni sotib olish davrida bolani inkor qilsa, o‘tadi. Keyin o‘tmaydi. Ikki holatda ham li’on aytishadi. Demak, bolani «Mendan emas» deb inkor qilishning ham chegaralangan vaqti bor. Bolani tug‘ishga tayyorgarlik paytida kerakli narsalarni sotib olayotganda yoki tug‘ilganidan keyin odamlar tabriklayotganda inkor qilsa, inkori o‘tadi. Ammo mazkur vaqtlarda indamay turib, odamlarning tabriklarini qabul qilib bo‘lib, keyin inkor qilsa, inkori o‘tmaydi. Ammo, zinoda ayblash borligi uchun, ikki holatda ham li’on aytish lozim bo‘ladi. Agar egizaklarning avvalgisini inkor qilib, keyingisini e’tirof qilsa, unga darra uriladi. Aksi bo‘lganda, li’on aytishadi. Ikki masalada ham bolalarning nasabi sobit bo‘ladi. Egizaklarning avvalgisini inkor qilib, keyingisini e’tirof qilganda, o‘zini o‘zi yolg‘onchi qilgan bo‘ladi. Chunki egizaklar bir suvdan bo‘ladilar. Aksi bo‘lganda, ya’ni, avvalgisini e’tirof etib keyingisini inkor qilganda, inoda ayblash bo‘ladi va undan qaytish bo‘lmaydi. Zinoda ayblash sobit bo‘lganda esa, li’on aytish lozim bo‘ladi. Ikki holatda ham bolalarning nasabi sobit bo‘lishi ularning egizak bo‘lganlari uchundir. Ular bir bo‘lganlari uchun, birini e’tirof etish ikkinchisini ham e’tirof qilishni bildiradi.
26 May 2022, 19:10 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar