Ko‘z tegishi muolajasi
Assalomu alaykum! Bir domlani maruzasida bir odamga ko‘z tegsa ko‘zi tekkan odamga tohorat oldirib shu suvga g‘usl qilish kerakligi bo‘masa ko‘zi tekkan odam o‘lsa kinnasi qo‘yib yuborishi aytilgan. Shu haqida hadis bor degan. Shu gap rostmi? javob uchun oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: الْعَيْنُ حَقٌّ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ. وَزَادَ مُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ: وَلَوْ كَانَ شَيْءٌ سَابِقَ الْقَدَرِ لَسَبَقَتْهُ الْعَيْنُ، وَإِذَا اسْتُغْسِلْتُمْ فَاغْسِلُوا. وَبَيانُ الغُسْلِ فِي حَدِيثِ أَحْمَدَ وَالنَّسَائِيِّ وَابْنِ حِبَّانَ كَالْآتِي: يَغْسِلُ الْعَائِنُ وَجْهَهُ وَيَدَيْهِ إِلِى الْمِرْفَقَيْنِ، وَمِنْ سُرَّتِهِ إِلَى أَسْفَلِ جِسْمِهِ، وَيُوضَعُ الْماَءُ فِي قَدَحٍ وَيُصَبُّ عَلَى الْمَعِيْنِ عَلَى رَأْسِهِ وَظَهْرِهِ، ثُمَّ يُكْفَأُ القَدَحُ فَيَبْرَأُ بِإِذْنِ اللهِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Ko‘z tegishi haqdir», dedilar».
To‘rtovlari rivoyat qilganlar.
Muslim va Termiziy:
«Agar biror narsa qadardan o‘tadigan bo‘lsa, albatta, ko‘z tegishi o‘tar edi. Qachonki sizdan g‘uslga yordam so‘ralsa, g‘uslga yordam bering», dedilar»ni ziyoda qilganlar.
Ahmad, Nasaiy va Ibn Hibbonlarning hadisida g‘uslning bayoni quyidagicha:
«Ko‘zi tekkan kishi yuzini va ikki qo‘lini chig‘anog‘i bilan yuvadi. Keyin kindigidan jismining pastigacha yuvadi. Suvni qadahga quyib turib, ko‘z tekkanning boshidan va elkasidan quyiladi. So‘ngra qadah to‘nkarib qo‘yiladi. Allohning izni ila tuzalib ketadi».
Sharh: Shu joyda avvalo ko‘z tegishi haqida bir oz to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Ba’zi toifalar, xususan, zamonamiz moddaparastlari ko‘z tegishi degan narsani umuman inkor qiladilar. Ular bu gapni bid’at, deydilar.
Ammo barcha elat va millatlarning oqillari ko‘z tegishini inkor qilmaydilar. Biz, musulmonlar uchun bu haqdagi bilim shariatimiz ta’limotlaridir. Ana shu narsalardan ba’zilarini hozir o‘rganmoqchi bo‘lib turibmiz. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Ko‘z tegishi haqdir», dedilar».
Ya’ni bu narsani inkor qilib bo‘lmaydi. Agar bir oz aql ishlatilsa, tadabbur qilinsa, bu masala oydinlashadi.
Alloh taolo insonlarning jismlarida va ruhlarida turli quvvatlarni yaratgandir. Ba’zi jism¬larga zahar ta’sir qilmaydi. Hozirda ham zaharli ilonlar yoki chayonlar ichida uxlaydigan, ularga o‘zini chaqtirsa ham mutlaqo ta’sirlanmaydigan kishilar haqidagi xabarlar tez-tez chiqib turadi. Shunga o‘xshash Alloh taolo g‘aroyib xususiyatli jismga ega qilgan turli bandalarni ko‘p uchratamiz.
Shuningdek, Alloh taolo kishilarning ruhiy qobiliyatlarini ham turli quvvatlarga ega qilib yaratgan. Ko‘pchilik oddiy holatda bo‘lsa ham, ba’zi kishilar odatdan tashqari ruhiy quvvatga ega bo‘ladilar. Oqil inson ruhiy ta’sirni hech inkor qilmaydi. Bu oddiy haqiqatdir. Bir odam o‘zi uyaladigan odamining o‘ziga nazar solib turganini sezsa, o‘z-o‘zidan yuzi qizara boshlaydi. Ba’zi odamlar o‘zi qo‘rqadigan odamining o‘ziga tikilib turganini sezsa, o‘z-o‘zidan yuzi oqarib ketadi. Shunday paytda ta’sirlangan odamning es-hushi yo‘qolib, quvvati ketib, oyog‘i qaltirab qolishiga nima deysiz?
Hayvonlar ichida ilonlarning ba’zi turlari ana shunday ta’sirga ega. O‘zi tegmasa ham, chaqmasa ham, nazari bilan ta’sirini o‘tkazishi mumkin. Bu xalq ichida «ilon avrashi» deyiladi. Bunday ilonlar nafaqat o‘zi uchun ov hisoblangan hayvonlarga, balki, kezi kelganda insonlarga ham ta’sirini o‘tkazadi. Homilador ayollarning homilasi tushishiga, ba’zida insonlarning ko‘ziga zarar etishiga sabab bo‘ladi.
Shunday bo‘lganidan keyin insonlardan ma’lum ruhiy quvvatga ega bo‘lganlari o‘zlari uzoqdan turib, bosh¬qalarga ta’sir o‘tkazishi mumkin emasmi? Odamlarga qarab turib, uxlatib qo‘yadigan, turli harakatlar qildiradigan kishilarni hamma ko‘rib, bildi-ku!
Ana shunday ishlarning bo‘lishi uchun faqat jism jismga tegishi yoki yaqindan tikilib qarash shart emas. Balki, ko‘zi tegadigan kishi ko‘r bo‘lishi ham mumkin. Unga bir kishi vasf qilinganda undagi hasad ruhi yomonlik ila qo‘zisa, mazkur kishiga ko‘zi tegishi mumkin. Aslida ko‘z tegishining asosida hasad bor.
Alloh taolo Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib:
«Va kofirlar zikrni eshitayotganlarida seni ko‘zlari bilan toydirmoqchi bo‘ladilar va «Albatta, u majnundir», derlar», degan («Qalam» surasi, 51-oyat).
«Ko‘z bilan toydirish»ning ikki xil ma’nosi bor.
Birinchisi – adovat va dushmanlik nazari bilan haq yo‘ldan toydirish, adashtirish. Kofirlar Payg‘ambar alayhissalomga ma’naviy zarar etkazishni xohlaganlar.
Ikkinchisi – ko‘z tekkizish bilan Payg‘ambar alayhissalomga jismoniy zarar etkazish, u kishini yiqitish, halok qilish ma’nosi.
Bu oyatning nozil bo‘lishi sabablari haqidagi rivoyatlarga ko‘ra, mushriklar Quraysh qabilasiga ko‘zi (nazari) bor bir kishini olib kelib, Payg‘ambar alay¬hissalomga yomon ko‘z bilan qaratib, zarar etkazmoqchi bo‘lganlar. Bunday ko‘zli odamlar Bani Asad qabilasida bo‘lar ekan.
Agar ulardan birortasi semiz tuyani ko‘rganda yomon ko‘z bilan qarab qo‘yib, «Hoy qiz, idishni olib borib, manavining go‘shtidan olib kel», desa, tuya tezda kasal bo‘lib, yiqilar, egasi uni so‘yib yuborishga majbur bo‘lar ekan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning:
«Agar biror narsa qadardan o‘tadigan bo‘lsa, albatta, ko‘z tegishi o‘tar edi», deganlari ham shunga o‘xshash narsalarning bo‘lishi mumkinligini tasdiqlaydi.
Ko‘z tegishi, undan ba’zi kishilarning zararlanib, xasta bo‘lib qolishi mumkinligi bayon qilinganidan keyin uni davolash vasfiga o‘tilmoqda.
«Qachonki sizdan g‘uslga yordam so‘ralsa, g‘uslga yordam bering».
Imom Termiziyning ziyodalarida kelgan bu jumlaning ma’nosini to‘g‘ri tushunish maqsadida ko‘z tegishining davosi uchun qilinadigan g‘uslning bayoni kelgan imom Ahmad, Nasaiy va Ibn Hibbonlar rivoyat qilgan hadisni o‘rganishimiz lozim:

Demak, ko‘zi tekkan odamdan g‘uslga yordam berishi so‘raladi. U yuzini va ikki qo‘lini chig‘anog‘i bilan yuvadi. Keyin kindigidan jismining pastigacha yuvadi va o‘sha suvni ko‘z tegib, xasta bo‘lgan kishiga beradi. Bemor o‘sha suv bilan g‘usl qilsa, Alloh taoloning izni ila tuzaladi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:42 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar