Alouddin Kosoniy "Badoi’us sanoi’y fi tartibish sharoi’" kitobi

Shayx xazratlari, Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Din yo‘lidagi xizmtlaringizni o‘zi ulkan ajrlar bn mukofotlasin. Sizga yana bir bir savol bn murojaat qilmoqchi edim. Bilamizki Allohning marhamati bn yurtimizdan Ulug‘ olimlar etishib chiqqan va etishib chiqmoqda. Allohga hamdlar bo‘lsinki ilmiy merosimizni organib qaysinisi ishonchli va qay biridan foydalanmagan ma‘qulligini o‘rganib, bizlarga etkazib beruvchi siz kabi olimlarning borligiga Allohga hamdlar bo‘lsin. Alloh ilmingizni bundanda ziyoda qilsin. Bizlarni ham Alloh dangasalikdan asrab shu tayyor yozilgan kitoblarni qunt bilab o‘qib unga amal qiladigan bandalardan qilsin. O‘zining tog‘ri yo‘lidan adashtirmasin. Yurtimiz olimlari tomonidan ta‘lif qilingan fiqh kitoblari ko‘p desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Xozirgi kunda Albatta Sizning Muxtasari Viqoya asosida ta‘lif qilgan"Kifoya" kitobingiz biz uchun eng foydali kitob bo‘lib turipti. Savolim quyidagicha: Alouddin Kosoniy deb atalgan hanafiy Olim taraflaridan Fiqh haqida yozillgan yana bir kitob bor ekan arab tilida albatta, nomlanishi quyidagicha "Badoi‘us sanoi‘y fi tartibish sharoi‘" . Shu kitob haqida ma‘lumotga egamisiz. Bu kitobdan foydalanish mumkinmi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu ulkan kitob. Undan hamma foydalanib kelgan va foydalanadilar ham, ishaalloh.«Badoihus Sanoih fii tartibish Sharoih».Kitobning sohibi Alouddin Abu Bakr ibn Mas’ud ibn Ahmad Kosoniy (587 hijriy yilda vafot etgan). U kishining laqabi Malikul Ulamo bo‘lgan. Asosan Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Ahmad Samarqandiyda o‘qigan. Ustozining barcha kitoblarini, xususan, «Tuhfatul fuqaho» kitobini yaxshilab o‘rgangan. O‘ talabasini yaxshi ko‘rgan ustoz qizi Fotimani unga nikohlab bergan. Fotima ham otasining «tuhfa»sini yodlagan va ilmdan ko‘pgina erkaklardan o‘tib ketgan edi. Keyinchalik ham eriga to‘g‘ri maslahatlar berib, ilmiy yo‘nalishini to‘g‘rilab turgan. Otasi chiqargan fatvoda, albatta, Fotimaning ham imzosi bo‘lar edi. Keyin ularga kuyovning imzosi ham qo‘shildi.Tadqiqotchilar «Badoi’us Sanoi’ fii tartibish Sharoi’»ni «Tuhfatul fuqaho»ning sharhi deyishadi. «Tuhfatul fuqaho» esa «Muxtasari Quduriy»ga qo‘shimcha qo‘shib, yaxshilab tartibga solingan kitob bo‘lgan.Ammo «Badoi’us Sanoi’ fii tartibish Sharoi’»ga e’tibor bilan nazar soladigan bo‘lsak, u urfga aylanib qolgan sharhlarga o‘xshamasligini ko‘ramiz. Unda aslning matnini so‘zma so‘z keltirib sharh qilish uslubiga ergashilmagan. Imom Kosoniy o‘z kitobida «Tuhfatul fuqaho»ning tartibiga rioya qilmasdan, bob va fasllarni yangidan tartibga solgan.«Badoi’us Sanoi’ fii tartibish Sharoi’»ning sohibi o‘z kitobining avvalida hamdu sanodan keyin fiqh ilmining fazli haqida muxtasar ma’lumot berib bir oyat va Buxoriy, Termiziy, Ibn Moja va boshqa muhaddislar Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan «Allohga dinda faqih bo‘lishdak biror narsa ila ibodat qilinmagan. Albatta, bir faqih shayton ziddiga ming obiddan ko‘ra shiddatliroqdir», degan hadisni keltirgan.Shuningdek, muallif o‘zidan avvalgi mashoyixlar ko‘plab kitoblar bitganlari, ammo tartibga uncha e’tibor bermaganlarini e’tiborga olib o‘z kitobida shu nuqsonni to‘ldirishga harakat qilmoqchi ekanini ta’kidlaydi.Keyin «Kitobut tahorat»dan boshlab fiqhiy masalalrni bayon qilishni boshlaydi. «Badoi’us Sanoi’ fii tartibish Sharoi’» barcha ulamolarning tahsini va maqtoviga musharraf bo‘lgan, katta shuhrat qozongan kitobdir. Jumladan, Hoji Xaliyfa o‘zining «Kashfi zunun»ida «Bu kitob ismi jismiga monanddir», degan.«Badoi’us Sanoi’ fii tartibish Sharoi’» ko‘p martalab chop etilgan va keng tarqalgan kitobdir. Uning oxirgi nashrlaridan biri Bayrutda «Dorul kutubil ilmiya» nashryoti tomonidan 1997 yilda o‘n jild qilib amalga oshirilgan.

27 May 2022, 04:34 | Savol-javoblar | 200 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar