Hayz holatidagi taloq

Assalomu alaykum! Er kishi ayoliga hayz davrida «bir taloq senga tushunarlimi, bir taloq» deb aytsa, necha taloq tushadi? Bu boin taloqmi? Qayta nikohlanish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hayz holatimi yoki poklikmi farqi yo‘q. Er «bir taloq senga tushunarlimi, bir taloq» deb keyingi taloqdan avvalgi taloqni ta’kidlashni iroda qilgan bo‘lsa, raj’iy bir taloq tushadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:58 | Savol-javoblar | 179 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar