Quyoshdan kelayotgan tovushlar
Assalomu alaykum! Telegramm kanallarida bir videoga ko‘zim tushib qoldi. U videoda aytilishicha quyoshdan ovoz kelayotganmish. Arabchadan tarjima qilinsa "Xali javob berasizlar" degan manoni bildirar ekan. Bu narsa rostmi yoki yolg‘on?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avvalo Islom dini o‘zini haqligini isbot qilishi uchun ularni turli xil safsatalariga ehtiyoj yo‘q. Chunki bizning iymonimiz mustahkamlanishiga Qur’on va hadisdagi bashorat va mo‘jizalar ortig‘i bilan kifoya qiladi. Videoga kelsak bu feyk ma’lumot. Arablarda hajviya sifat "bukro davaam" iborasi bor. Bu iboraning ma’nosi siz keltirgandek emas. Buni animatsiya qilingan roliklari ham internetda bor. Qalloblar esa o‘sha roliklardagi "bukro davaam" ovozini quyoshdan kelayotgan ovoz deb montaj qilib qo‘yishgan. Va buni "bukro javaab deyapti" deb talqin qilishyapti. Sodda bo‘lmaylik. Bu kabi ishlarni yoymaslik ham kerak, ishonmaslik ham kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:44 | Savol-javoblar | 152 | Mediya