Qarzga uy olish
Assalomu aleykum! Mening savolim uy olish masalasida edi. Kreditga uy olish ribo ekanini o‘qiganman, ammo bundan boshqacharoq variant bo‘lsa, ya’ni aytaylik hozirgi bozor bahosi 100 mln so‘mlik uyni bir tanishim menga 125 mln ga sotmoqchi. Men pulini 5-10 yil oralig‘ida bo‘lib to‘lamoqchiman. Bu kredit emas, shunchaki narxi arzon uyni o‘z xohishimga ko‘ra biroz qimmatroqqa sotib olmoqchiman. Pulni uzoq muddat bo‘lib-bo‘lib to‘lashim sababli(pul qadrsizlanishini inobatga olib) biroz qimmat bo‘lsa ham rozi bo‘layapman. Ammo kredit, pulni foiz bilan qaytarish degan gaplar yo‘q. Shunday holatda ham men gunoh ish qilayotgan hisoblanamanmi? Nojoiz savol bergan bo‘lsam uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar pulni tayinlangan kunida berishni kechiktirsangiz pul qo‘shib berish bo‘lmasa, gunoh bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 12:48 | Savol-javoblar | 148 | Moliya va tijorat