Uylangan odamning maqomi
Assalomu alaykum! "Solih inson uylansa gunohlari to‘kiladi (begunoh bo‘ladi) shu sabab undan duo olish kerak" degan gap eshitdim. Shu ma’lumot dinimiz ta’limotida ham bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! "Baxtiyor oila" kitobida quyidagicha keladi: عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ رَزَقَهُ اللهُ امْرَأَةً صَالِحَةً فَقَدْ أَعَانَهُ عَلَى شَطْرِ دِينِهِ، فَلْيَتَّقِ اللهَ فِي الشَّطْرِ الْبَاقِي. رَوَاهُ الطَّبَرَانِيُّ وَالْحَاكِمُ Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kimni Alloh soliha ayol bilan rizqlantirgan bo‘lsa, batahqiq, unga dinining yarmiga yordam beribdi. (Endi) ikkinchi yarmida Allohga taqvo qilsin», – dedilar».
Tobaroniy va Hokim rivoyat qilganlar. عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ تَزَوَّجَ فَقَدِ اسْتَكْمَلَ نِصْفَ الْإِيمَانِ فَلْيَتَّقِ اللهَ فِي النِّصْفِ الْبَاقِي. رَوَاهُ الطَّبَرَانِيُّ وَالْبَيْهَقِيُّ Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim uylansa, batahqiq, iymonining yarmini mukammal qilibdi. Qolgan yarmida Allohga taqvo qilsin», – dedilar».
Tobaroniy va Bayhaqiy rivoyat qilganlar.
Hatto, zohiriy mazhabdagilar o‘z odatlaricha tushunib, mo‘’tadil paytda nikoh farz bo‘ladi, deyishgan. Lekin hamma dalillarni yaxshilab o‘rganib chiqqan ulamolar jumhuri nikohning shar’iy hukmi haqida quyidagilarni aytganlar:
Nikoh shariatga Qur’oni Karim, sunnati Nabaviya va Islom ummatining ijmo’i orqali kirgan:
1. Alloh taolo Qur’oni Karimning bir necha oyatlarida mo‘min‑musmonlarni nikohda bo‘lishga, uylanishga, oila qurishga amr etgan. O‘sha oyatlardan ba’zilarini yuqorida o‘rganib o‘tdik.
2. Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining ko‘plab hadisi shariflarida nikohga targ‘ib qilganlar.
Ulardan ba’zilarini o‘rgandik, qolganlarini, inshaalloh, yana o‘rganamiz.
3. Islom ummati, ulamolar jumhuri nikoh zarur ekaniga doimo ittifoq qilib kelishgan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:44 | Savol-javoblar | 146 | Duolar