Sunnatga ergashmagan bo‘lib qolmaymanmi?

Assalomu alaykum! Savollarimga javob berganingizni o‘qib judayam xursand bo‘ldim, tashakkur sizlarga! Ilohim biz kabilarni bilmaganlarimizni o‘rgatishlaringizda Robbim sabr, kuch quvvat va ajrlar ato etsin! Meni 13 yoshdan boshlab hisoblaganda 10 yildan ortiqroq namozlarim qazo bo‘lgan. Allohim kechirsin! O‘sha namozlarimni qazosini etkazib olishim uchun faqat farz va vitr namozlarimni o‘z vaqtida o‘qib keyin har bittasini ketidan bittadan qoldirgan namozlarimni farzining qazosini qo‘shib o‘qisam joizmi? Yoki sunnat namozlarni necha yillar qoldirib tark etgandek gunohkor bo‘lib qolamanmi? Hamma qazoni sunnatlari bilan qo‘shib o‘qiy desam, to‘g‘risi tez o‘qiy olmayman. Vaqt jihatidan imkonim yo‘q, chunki qazolarim ko‘p qo‘rqayapman. Shu borada menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishlaringizga muhtojman. Toki bilmasdan biror xato qilib qo‘ymasligim uchun ham. Javobingiz uchun oldindan katta rahmat!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz faqat farz va vitrnigina qazosini o‘qishingiz kifoya qiladi. Lekin qazo o‘qish bilan birga avvalgi namozlarni qazo qilganingizga tavba ham qilishingiz kerak. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:22 | Savol-javoblar | 146 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar