Aqiqa haqida tushunmovchilik

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, 42024-savolni javobida aqiqani nazr qilsa jonliqning go‘shtidan oila azolari umuman eyishi joiz emas deyilgan nazr qilgan odam aqiqani niyat qilib jonliq so‘yadi va osh qilib ehson qiladi qarindosh urug‘lari mahalla ko‘y do‘stu birodar shu qatori o‘zi xam ushbu jonliqning go‘shtidan eydi. Shu ehson aqiqaga o‘tadimi?. 2). 42024-savol javobida xammasini faqat oila azolari esa joiz emas deyilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Nazr so‘zini ishlatsa o‘zi va oila a’zolari eyishi joiz emas. Agar “Aqiyqa qilishni niyat qilgan edik” desa va nazr so‘zini aralashmasa o‘zi va oila a’zolari eyishi mumkin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:47 | Savol-javoblar | 172 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar