Harom ichimlikni sotish yoki tashish
Assalomu alaykum! Men hozirda Yaponiya davlatida ta’lim olaman. Tabiiyki talabalar ishlashi juda muhim, o‘qishdan keyin yoki avval shu sababli yaponiyada ish turlari asosan oziq ovqat do‘konlari yoki yuk tushurish shaxobchalari. 1). Oziq-ovqat do‘konlarida ishlamoqdamiz va bunda savdo bo‘limida ish olib boriladi ish paytida sigareta yoki spirtli ichimliklar sotishga majbur bo‘lib qolinadi. Albatta boshqa mahsulotlar ham sotiladi, ammo ular ham bor. Shu ishda ishlab olgan oyliklarimning hukmi qanday bo‘ladi? Yaponiyada 90 % ishlarda spirtli ichimliklarga qo‘l tekkazmasdan ishlashning iloji yo‘q, albatta ichilmaydi, nafrat ko‘zi bilan qaraladi, lekin shunga sababchi bo‘lib qolishning hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda sizni qiladigan ishingiz ham la’natlangan. عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَعَنَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي الْخَمْرِ عَشْرَةً: عَاصِرَهَا، وَمُعْتَصِرَهَا، وَشَارِبَهَا، وَحَامِلَهَا، وَالْمَحْمُولَةَ إِلَيْهِ، وَسَاقِيَهَا، وَبَائِعَهَا، وَآكِلَ ثَمَنِهَا، وَالْمُشْتَرِيَ لَهَا، وَالْمُشْتَرَى لَهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xamr(aroq)da o‘n(kishi)ni la’natladilar: uni siquvchisini, siqishni buyurganni, ichuvchisini, hammolini, ko‘tartirib yuruvchisini, quyib beruvchisini, sotuvchisini, bahosini eyuvchisini, sotib oluvchisini va sotib olib kelib beruvchisini».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:35 | Savol-javoblar | 182 | Halol va harom