Niyat haqida

Assalomu alaykum! Ayolimga imom bo‘lib namozga o‘tsam, til bilan niyat qilayotganimda ayolimni ham qo‘shib qilishim kerak ekan. Qilmasam ayolimning namozi namoz bo‘lmasakan, til bilan aytmasamam qalbim buni tasdiqlab turiptiku. O‘zi aslida niyat qalbda bo‘ladiku, til bilan aytmasam ayolimning namozi qabulmasmi? Rasululloh alayhissalom namozga o‘tganlarida alohida ayollarga til bilan niyat qilmaganlarku. Bir kishi ayolning namozi qabul bo‘lmaydi dedi. To‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha odam nimani o‘ylaganini bilmadik, lekin xotiningiz sizga iqtido qilayotganini bilsangiz bo‘ldi. Odatiy namozga qilgandek niyat qilaverasiz. Tilda aytish ham shart emas. Eng asosiysi ayollar bilan o‘qilganda erkak kishi mutloq bir saf oldinda turishi shart. Joy tor bo‘lgani uchun yoki boshqa bir sabablardan ayol erkak kishining yonida, biror qadam orqada turishi joiz emas. Sajda qilganda ayolning boshi erkak kishining oyog‘i ro‘parasida turishi ham joiz emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:48 | Savol-javoblar | 164 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar