Savdoda aldab yurish

Assalomu alaykum! Men oziq-ovqat do‘konida ishlayman, ish yurgizuvchi boshlig‘imiz mahsulot beruvchi firmalarni pulini o‘z voxtida bermaydi. Aldaydi, mahsulot beradigan firmalar bundan norozi. Bu tijorat halolmi? Bunday savdoda biz ishchilar qanday yo‘l tutishimiz kerak? Biz olayotgan maoshimiz haromga kirmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlar ishlaganingizga yarasha olganingiz halol hisoblanadi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 19:52 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar