Namozdagi makruh amalllar
Assalomu alaykum! Jamoat namozida o‘zidan katta yoshdagi musulmon birodarini namoz o‘qiyotganda namozida ikki sajda orasida oyoqlarini erdan uzishi, bir oyoqqa bor vaznini tashlab turishi, oyoqlari orasini katta tashlab turishi, sajda holatida qorni va chig‘anoqlari orasidagi masofalar qancha bo‘lishi kabi kamchiliklarini ko‘rsa yo‘l bilan aytilishi lozim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Birinchidan bizning diyorimiz kishilarining tabiatida qiziq bir holat paydo bo‘lgan. Bir kasb egasi kasbdoshini ko‘rsa, fan sohibi o‘sha fanning sohibini ko‘rsa badani qichishib o‘zini noqulay his qilishni boshlaydi. Bu narsa ba’zi bir namozxonlarda hatto ahli ilmlarda ham paydo bo‘lgan. Aslida ularni bir-biriga yo‘liqishi Allohning ne’matidir. Birida kamchilik bo‘lgan narsani to‘ldirib olishga imkoniyatdir. Ikki shamchiroq birlashganda yon atrofini yanada yoritadi. Shu kabi yoritishni ziyoda bo‘lishiga sababdir. Bu narsaga sahobai kiromlar a’lo darajada amal qilar edilar. Qachon bir-birlariga yo‘liqsalar “Kel, o‘tir iymonlashamiz” der edilar.كان معاذ بن جبل رضي الله تعالى عنه يقول لرجل: [ اجلس بنا نؤمن ساعة ] ، وهذا الأثر علقه البخاري رضي الله عنه في الصحيح Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhu bir kishiga qarab “O‘tir, bir oz iymonlashamiz” der edilar.
Buxoriy rivoyati.
Buni to‘g‘ri qabul qilsayu qanday ham go‘zal. Ammo inson hech qachon o‘z tengidan biror gapni qabul qilishga o‘rganmagan. O‘zidan yuqori insonga tobe’ bo‘lishga odatlangan. Shuning uchun siz qavmda biror kamchilikni ko‘rsangiz imomga ayting. Imom buni a’lo darajada va sizdan ko‘ra mukammal tarzda etkazib qo‘yadi. Siz dalolat qilganingiz savobiga ega bo‘lasiz. Ikki sajda orasida oyoqni erdan uzilishi agar qasddan bo‘lsa, karohiyatga sabab bo‘ladi. Boshi sajdaga tegishi bilan ikki oyog‘ini erdan uzilib sajdadan qaytgunicha davom etishi zarar qiladi xolos. Ko‘pchilik imomlar ham oyog‘i erdan uzilsa namoz buziladi deyishadi. Bu esa noto‘g‘ri. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:50 | Savol-javoblar | 166 | Namoz