Vegeterianlik

Assalomu alaykum! Man go‘sht haqida vegetarianlik haqida so‘ramoxchidim. Vegeterian go‘sht emaslik. Islom dinida bu haqda nima diyilgan? Bilamiz pashshagayam ozor berib bo‘midi diyilgan, lekin go‘sht tirik jonni so‘yib, o‘ldirib eyilishiku? O‘sha murdani organizmimizda chiritish deganiku? Pashshagayam ozor berilmasa nima uchun qon chiqariladi? Ya’ni qo‘chqor, mol xol so‘yib? Savolim noo‘rin bo‘lsa uzr. yana bitta savolim. Daraxt eksang , mevasidan kimdir uzib esa savobi sanga tegadi diyilgan. lekin tangani ikkinchi tomoni . birovni daraxtidagi mevasini so‘ramasdan uzib eb bo‘midi diyilgan. masalan ko‘chada ketvotganizda egiz keldi . lekin egasi yo‘q. qanaqib so‘rab eyish mumkin ? Rahmat . Uzr .
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh bandasini yaratdi, unga nima foydali va nima zararligini halol va harom qilib belgilab berdi. Xitoyliklarga o‘xshab qimirlagan hamma narsani eyishga ham ruxsat bermadi, vegeteryanlarga o‘xshab foydali narsani o‘ziga harom qilib olishga ham ruxsat bermadi. Bu o‘rinda hammaga olib eyish ruxsat berilgan joylardagini tushning. Nima bo‘lganda ham mevani ekkan kishiga undan albatta savob bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:50 | Savol-javoblar | 148 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar