Qimordan qarz

Assalomu alaykum! Meni bir do‘stim bor u internetda qimor o‘ynaydi. Men unga bu ish yaxshi emasligini juda ko‘p bor aytaman lekin u bu yo‘lidan haligacha qaytmadi. Bazi vaqtlada menga pul kerag bo‘lib qolganida shu do‘stimdan qarz olib tursam (qimordan yutgan puli ekanini bilib turib) bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Siz o‘sha do‘stingizga qimor haromligini, unga berilgan odam bor-budini ko‘kka sovurib, oxir oqibat ikki dunyoda xor bo‘lishini aytib qo‘ying. “Men faqat yutaman, mabodo yutqazishni boshlasam, darhol to‘xtayman, zararga kirmayman” deb xomtama bo‘lmasin, xaromdan kelgan pul o‘z egasini faqat xaromga va xorlikka botiradi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 02:25 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar