Matodagi noqislik
Assalomu alaykum! Bozorda tovar, ya’ni metrli mato sotaman. Bizga matolar rulon bo‘lib keladi, lekin shu rulon ichidan noqis, yirtiq va shu kabi kamchiliklari bilan keladi. Shuni men xaridorga aytmasdan sotsam gunohmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ulkan gunoh bo‘ladi. وَيُذْكَرُ عَنِ الْعَدَّاءِ بْنِ خَالِدٍ قَالَ: كَتَبَ لِي النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : «هَذَا مَا اشْتَرَى مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مِنَ الْعَدَّاءِ بْنِ خَالِدٍ، بَيْعَ الْمُسْلِمِ الْمُسْلِمَ، لَا دَاءَ، وَلَا خِبْثَةَ، وَلَا غَائِلَةَ». وَقَالَ قَتَادَةُ: الْغَائِلَةُ الزِّنَا وَالسَّرِقَةُ وَالْإِبَاقُ. وَقِيلَ لِإِبْرَاهِيمَ: إِنَّ بَعْضَ النَّخَّاسِينَ يُسَمِّي آرِيَّ خُرَاسَانَ وَسِجِسْتَانَ، فَيَقُولُ: جَاءَ أَمْسِ مِنْ خُرَاسَانَ، جَاءَ الْيَوْمَ مِنْ سِجِسْتَانَ. فَكَرِهَهُ كَرَاهِيَةً شَدِيدَةً. وَقَالَ عُقْبَةُ بْنُ عَامِرٍ: لَا يَحِلُّ لِامْرِئٍ يَبِيعُ سِلْعَةً، يَعْلَمُ أَنَّ بِهَا دَاءً، إِلَّا أَخْبَرَهُ Zikr qilinishicha, Addo ibn Xolid aytadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam menga: «Bu Allohning Rasuli Muhammad collallohy alayhi vasallamning Addo ibn Xoliddan musulmonning musulmonga qilgan savdosiga ko‘ra sotib olgan narsasidir. Ayb ham yo‘q, nopoklik* ham yo‘q, g‘oila* ham yo‘q», deb yozib berdilar».
Qatoda: «G‘oila – zino yoki o‘g‘rilik yoxud qulning qochib ketishidir», degan.
Ibrohimga: «Ba’zi molfurush dallollar qo‘ralarini «Xuroson» va «Sijiston» deb nomlab olishib, «Kecha Xurosondan keldi», «Bugun Sijistondan keldi», deb aytishadi», deyildi. Ibrohim buni qattiq karih ko‘rdi (ya’ni deyarli harom ish deb hukm qildi).
Uqba ibn Omir: «Molning aybi borligini bila turib, uni aytmasdan sotish kishiga halol bo‘lmaydi», deydi.
* «Nopoklik» deganda umumiy ma’noda halol bo‘lmagan har qanday ish tushuniladi. Shu bilan birga, bu so‘z qul savdosida ishlatilsa, qo‘shimcha ravishda uning qul bo‘lishida ifloslik aralashmagan, hur odam qul qilib olinmagan va shunga o‘xshash nojo‘ya ishlar qilinmagan, degan ma’noni ham anglatadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu erda kasali yo‘q, sog‘lom, o‘g‘irlanmagan, zino va o‘g‘rilik qilmagan, xojasidan qochib ketmagan va qochib ketmaydigan, hurlikdan g‘addorlik bilan mahrum qilinmagan haqiqiy qulni savdo qilganlarini bayon qilib qo‘ymoqdalar. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:52 | Savol-javoblar | 132 | Moliya va tijorat