Olgan narxini aytib sotish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men qurilish mollari sotuvchi savdogarman qurilish. Bizda raqobat judda kuchli, biror bir narsani sotvotganimda xaridorga “Buni 10 so‘mga olganman 13 so‘mga sotaman” deb aytib yuboraman, lekin yolg‘on narxda aytmayman. Olgan narxini aytib sotsam joizmi?
2). Yonginamdagi qo‘shni do‘konga qum aralashgan tsement keladi. Ko‘pchilik xaridorlar buni    tushunmaydi. Tabiyki uning narxi, bizniki xarajatlar bilan 490 so‘m bo‘lsa ularniki 450-440larga tushadi. Qo‘shni bilan aka-ukadaymiz, “buni sotmang” desam “gunohi mengamas, uni qum qo‘shib olib kelganlarga” deydilar. Men buni bila turib  kilentlarga aytolmayman. Shunga nima qilsam bo‘ladi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Aytmaganingiz ma’qul. Chunki bu guvohlik hisoblanib, guvohlikda ko‘p holatlarda yolg‘on bo‘lib qolishi mumkin. 9.5ga tushganni 10ga tushdi desangiz ham yolg‘on bo‘ladi. 2). Siz “nega sizda qimmat” deganlarga “bizni tsementga qum aralashmagan” deb qo‘ysangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:12 | Savol-javoblar | 149 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar