do‘stik

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh Ustoz. Meni ikki do‘stimni urushib qolgani xavotirga soldi, birinchi do‘stim ishlari yaxshi edi ikkinchi do‘stimga qo‘lidan kelgancha yordam qilardi deyarli har kuni ikkasi birga edi ikkinchi do‘stim namozxon bo‘lgani uchun birinchi do‘stim uni yaxshi ko‘rardi, orada ikkinchi do‘stim birinchi do‘stimdan qarz bo‘lib qoldi berish vaqti kelganda berolmadi lekin birinchi do‘stim undan so‘ramadi, o‘ziga kerak bo‘lganda ham so‘ramadi, puli bo‘lganda berardi yaxshi odam bu derdi yana  deyarli har kun ikkinchi do‘stim xizmat aytsa qilardi taqdir ekan birinchi do‘stimni ishlari orqa ketib ikkinchi do‘stimni ishlari yurishib ketdi va birinchi do‘stim ikkinchi do‘stimdan qarz bo‘lib qoldi va vaqtiga berolmadi lekin birinchi do‘stim juda kerak deb buni qilgan yaxshiliklarini bir chetga surib keraksiz gaplar aytib pulini talab qilib oldi va bundan umuman xabar olmadi Allohga shukr xozir birinchi do‘stim ishlari qaytib joyiga tushib qoldi endi u ikkinchi do‘stimdan qilgan xizmatlarini haqqini ber deb talab qilmoqda san manga emas pulimga do‘st bo‘lgansan munofiqsan qilgan xizmatlarim pulini ber deb ikkinchi do‘stimdan talab qilmoqda pulni olib masjidga beraman bunga bir tiyn haqqimni  qoldirmayman deb turib olgan uni nima deb qaytarishni bilmayapman, san Alloh uchun qilgansan savobini qiyomatda olasan desam ham, bersin uni savobi kerak emas, mani san do‘stimsan deb namozi bilan aldab kelgan pullarni olib masjidga beraman deb turib olgan birinchi do‘stimga nima deb maslahat beray ushbu ishi to‘g‘rimi Ustoz?  Nega musulmonlar orasida ikkinchi do‘stimga o‘xshaganlar ko‘payib bormoqda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo insonni qilgan xar bir yaxshiligini bandaning o‘ziga Allohning roziligi uchun qilganmi, yoki bir kun men ham shu holatga tushsam qaytaradi degani yoki boshqa biror bir maqsadda qilganmi imtihon qilib ko‘radi. Etim boqib olgan kishilarga etimdan o‘z farzandidan ko‘rmaydigan ozorlarni ko‘rsatadi. Bundan maqsad bandaning qilgan ishini nima maqsadda qilganini o‘ziga ko‘rsatib qo‘yishdir. Shuning uchun inson hech bir amalini Allohdan o‘zga uchun qilmaslik kerak. Yaxshilik qilingan insondan yomonlik qaytganida ham “men bu ishni Allohning roziligi uchun qilib, savobini olganman. Boshqasiga parvo qilmayman” deyishi kerak.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:31 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar