Muhim savol "Mahr"

Assalomu alaykum! Bizni qishlog‘imizda kishi uylanmoqchi bo‘lsa nikoh kuni Mahr tayinlashga Imom domla kelin bokira qiz bo‘lsa bir uy dahlizi bilan, agar juvon bo‘lsa bir sigir bolasi bilan deb belgilashadi. Ko‘pchilik buni ajrashsak berishimiz kerak deb tushunadi. Shu bois biron bir Mahr bergan odamni bilmayman, domlaga mahrlar berilmay qolyapti, mahrni ozaytirsanglar bo‘lmaydimi desam “Mahr shariatda shunday belgilanadi” dedi. So‘ramoqchi bo‘lganim shuki, domla nikoh vaqtida bir uy dahlizi bilan deb belgilagan bo‘lsa ham, bugungi kunda mahri bermoqchi bo‘lganlar "Mahri misl" yoki sunnatda kelgan miqdorlardan birini pul, taqinchoqlar bersa ham bo‘ladimi? Chunki bugungi kunda bir uy dahlizi bilan berish juda qiyin. Shunga bir yo‘l ko‘rsatsangizlar, shu bois mahrlar berilmay qolmasa. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kelishsa bo‘ladi. Kelin rozi bo‘lmasa, o‘sha aytilganini berishi shart. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:55 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar