Shukr haqida

Assalomu alaykum! Abdulloh ibn G‘annom al-Bayoziy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim subh kirganda «Allohumma maa asbaha bii min ne’matin fa minka vahdaka laa shariyka laka. Falakal hamdu va lakash shukr», desa, batahqiq o‘sha kunining shukrini ado qilibdi. Kim xuddi o‘shani kech kirganda aytsa, batahqiq o‘sha kechaning shukrini ado qilibdi», dedilar». Mana shu zikrni kundalik virdga qo‘shib olsa bo‘ladimi, masalan 1 kunda 100 marta. Yoki bo‘sh vaqtlarda shuni takrorlab yurish mumkinmi? Shukr uchun takrorlab yurish uchun yana boshqa zikrlar bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam necha marta aytgan bo‘lsalar siz ham shuncha ayting. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 00:59 | Savol-javoblar | 136 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar