Namozni vaqti o‘tkazib o‘qish

Assalom alaykum! Mani bir tanishim namozni bir kun uqib yoki bir muddat uqib, vaqtincha uqimay yurib va yana uqiydi. Bu gunoh deb aytsam gunoh emas deydi. Nomozni bu usulda uqish qanchalik tug‘ri, agar tug‘ri bo‘lmasa sababi nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Do‘stingizga nasihat qiling. Har biriga alohida oyatlar keltirilgan. Alloh taolo "Maryam" surasida marhamat qiladi:  فَخَلَفَ مِن بَعْدِهِمْ خَلْفٌ أَضَاعُوا الصَّلَاةَ وَاتَّبَعُوا الشَّهَوَاتِ فَسَوْفَ يَلْقَوْنَ غَيًّا۝ 59. Bas, ularning ortidan bir o‘rinbosarlar qoldiki, ular namozni zoe qilib, shahvatlarga ergashdilar. Bas, tezda g‘oyga yo‘liqurlar.“Maa’uun” surasida  فَوَيْلٌ لِّلْمُصَلِّينَ۝ الَّذِينَ هُمْ عَن صَلَاتِهِمْ سَاهُونَ۝ 4. Bir «namozxonlar»ga vayl bo‘lsinki…
5. Ular namozlarini unutuvchilardir.
“Muddassir” surasida:  مَا سَلَكَكُمْ فِي سَقَرَ۝ 42. «Sizlarni saqorga nima kiritdi?» (deb).  قَالُوا لَمْ نَكُ مِنَ الْمُصَلِّينَ۝ 43. Ular: «Namoz o‘qiydiganlardan bo‘lmagan edik. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 09:50 | Savol-javoblar | 193 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar