Holatim haqida
Assalomu alaykum! Men 2020-yildan boshlab namozga, Qur’onga, xalol-xaromga qattiq bel bog‘lagan edim. Xozirgacha dinimizni o‘rgandim, bu yilgacha uylanib farzand ko‘rdim Alhamdulilloh, kasbim ustaman. Savolim shundayki bu yil ichida Qur’onni tajvidlik o‘qishni o‘rgandim bir necha suralarni yod oldim (Voqiya, Ar-Roman kabi) fiqxda muxtasar ul viqoyaani ustozim bilan o‘qidim, 5 maxal namozdan tashqari xar kuni 1 kunlik qazo namoz o‘qiyman, ish vaqtim uzoq bo‘lgani sabab ertaman namozdan so‘ng bir saxifa Qur’on o‘qiyman kechpayit charchaganim sabab ko‘pam o‘qiyalmiman. Bazida charchaganda ozmoz xozirgi kundagi pubg o‘ynini o‘ynayman shunchaki. O‘z tan oladinon gunoxim bazida shaxvatimni boshqara olmayman. Lekin zino qilmaganman Amalarim bori shu. Ustozlar menga nasixat qililar nafsim negadur doyim amalarimi oz ko‘rsatadi. O‘zimga o‘zim vada berdim sizlar qanday nasixat qiselar shuni olaman va shunga gina amal qilaman. Amalarimga nimani qo‘shay va nimani kamaytiray?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nafsingiz amallaringizni oz ko‘rsatishi juda yaxshi. Agar ko‘p ko‘rsatganida va siz bunga rozi bo‘lganingizda mana shu ujb bo‘lar edi. Siz “Ruhiy tarbiya” kitobini o‘qing. Vallohu a’lam!
26 Avgust 2023, 08:43 | Savol-javoblar | 0 | Ruhiy tarbiya