Diagnostika va Farm firmalardan foyiz
Assalomu alaykum! Hurmatli ilm axli, sizlarni vaqtingizni olganimga uzr so‘rayman, izlash xizmatidan topa olmaganim uchun, so‘rashga qaror qildim. Men shifokor bo‘lib ishlayman, bizni oldimizga diagnostika markazlaridan vakillari kelib, bemorlarni aynan ularni markaziga jo‘natsak bizga xar bir bemordan foiz chiqarib berishini aytadi. Bunga sabab albatta konkurentsiya. Endi biz ular aytganiday ularga bemor jo‘natib o‘sha pulni olsak bo‘ladmmi? 2). Shunga o‘xshash xolat dori firmalari bilan xam bo‘ladi. Ya’ni aynan o‘sha firmani dorisini yozsak bizga xar bir doriga aktsiya qilib pul beradi. Shunday ishga qo‘l ursak joizmi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Eng avvalo pulni ko‘zlab makr qilmaslik kerak. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Bizga makr hiyla qiluvchilar bizdan emas” deganlar. Doktorlarni makr qilishi boshqalardan ko‘ra sizga ko‘proq ma’lum. Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi: وَلاَ تَأْكُلُواْ أَمْوَالَكُم بَيْنَكُم بِالْبَاطِلِ وَتُدْلُواْ بِهَا إِلَى الْحُكَّامِ لِتَأْكُلُواْ فَرِيقًا مِّنْ أَمْوَالِ النَّاسِ بِالإِثْمِ وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ 188. Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo‘l bilan emang. Bilib turib, odamlarning mollaridan bir qismini gunoh ila eyishingiz uchun uni hokimlarga tashlamang.
Keraksiz tekshiruvga jo‘natishadi, dori furushlarni kerak-nokerak dorilarini yozib berishadi, kasallikni tomirini quritish o‘rniga shoxi bilan bargini quritish payida bo‘ladi, ilmi etmasa ham taxminan davolashga urinib ko‘radi va hokazolar. Bularning barchasi oyatdagi bilib turib odamlarning molini shilish uchun boshqalarga jo‘natish bo‘ladi. Shulardan saqlangan holatda kerakli bo‘laturib jo‘natsangiz va ular sizga haq ajratishsa olishingiz joiz.
Hozirgi kunda doktorlar bemorlarga kerakli dorilar bilan birga keraksizlarini ham qo‘shib yozib berishadi. Yoki tarkibi bir xil bo‘lgan nomi boshqa-boshqa dorini qimmatini o‘zlari kelishgan tarafnikini yozib berishadi. Bu ish bemorning haqqiga xiyonat qilish hisoblanadi. Bemorning molini botil yo‘l bilan eyish hisoblanadi. Vaholanki kerakli deb yozganida ham xiyonat bor. Chunki o‘sha kerakli deb yozgani ham kasallikni tomirini quritish uchun emas, balki uni bargi yoki shoxini quritish uchungina bo‘ladi. Ularni shu yo‘l bilan qurgan uylari ham boshqa olgan mollari ham halol bo‘lmaydi. Ular quyidagi hadisga yuzga-yuz tushadilar. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَتَدْرُونَ مَا الْمُفْلِسُ؟ قَالُوا: الْمُفْلِسُ فِينَا مَنْ لَا دِرْهَمَ لَهُ وَلَا مَتَاعَ، فَقَالَ: إِنَّ الْمُفْلِسَ مِنْ أُمَّتِي مَنْ يَأْتِي يَوْمَ الْقِيَامَةِ بِصَلَاةٍ وَصِيَامٍ وَزَكَاةٍ، وَيَأْتِي قَدْ شَتَمَ هَذَا، وَقَذَفَ هَذَا، وَأَكَلَ مَالَ هَذَا، وَسَفَكَ دَمَ هَذَا، وَضَرَبَ هَذَا، فَيُعْطَى هَذَا مِنْ حَسَنَاتِهِ وَهَذَا مِنْ حَسَنَاتِهِ، فَإِنْ فَنِيَتْ حَسَنَاتُهُ قَبْلَ أَنْ يُقْضَى مَا عَلَيْهِ أُخِذَ مِنْ خَطَايَاهُمْ فَطُرِحَتْ عَلَيْهِ ثُمَّ طُرِحَ فِي النَّارِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kasodga uchragan kimligini bilasizlarmi?» dedilar.
«Bizning ichimizda kasodga uchragan dirhami ham, matohi ham yo‘q odam», deyishdi.
«Albatta, ummatimdan kasodga uchragani qiyomat kuni namoz, ro‘za, zakot bilan kelgan, ammo buni so‘kkan, buni zinoda ayblagan, buning molini egan, buning qonini to‘kkan, buni urgan odamdir.
Bunga uning savoblaridan berilur, anavinga ham uning savoblaridan berilur. Agar uning zimmasidagi narsa tamom bo‘lmasdan avval savoblari tugab qolsa, ularning xatolaridan olinib, uning ustiga tashlanur. So‘ngra u do‘zaxga tashlanur», dedilar».
Sharh: To‘liq ma’noda kasodga uchragan odam bu dunyoda odamlarga yomonlik qilgan kishi ekan. Ushbu hadisi sharifda o‘sha kasodga uchraganlarning eng yaxshisi haqida so‘z ketmoqda. Chunki u qiyomat kuni namoz, ro‘za, zakot bilan kelgan bo‘ladi.
Ammo u bu kabi ibodatlar bilan kelgan bo‘lsa ham o‘sha dahshatli kunda og‘ir ahvolda qoladi. Chunki u bu dunyoda buni so‘kkan, buni zinoda ayblagan, buning molini egan, buning qonini to‘kkan, buni urgan odam bo‘lgan edi.
Shu erda kishini kasodga uchratadigan, uning ibodatlarini ham puchga chiqaradigan yomonliklardan ushbu hadisi sharifda zikr qilinganlarini sanab o‘taylik:
1. Birovni so‘kish.
2. Birovning obro‘sini to‘kish.
3. Birovning molini eyish.
4. Birovning qonini to‘kish.
5. Birovni urish.
Mana shu ishlarni qilgan odam qiyomat kuni kasodga uchrashi turgan gap. Avval o‘sha kasodga uchragan baxtsizning savoblari bo‘lsa, ularni olib, undan yomonlik ko‘rgan bechoralarga taqsimlab beriladi.
Keyin esa mazkur kasodga uchragan baxtsizning ustiga bu dunyoda uning yomonligidan zarar topgan bechoralarning gunohlari yuklanadi.
Oxirida o‘sha kasodga uchragan baxtsiz jahannamning qa’riga uloqtiriladi.
Ana, ko‘rdingizmi, birovni so‘kish, birovning obro‘sini to‘kish, birovning molini eyish, birovning qonini to‘kish va birovni urish qanday ham yomon ish! Bas, bularga o‘xshagan yomon ishlardan saqlanaylik. ("Hadis va Hayot" kitobidan).
Shariat ijozat bermagan dorilardan saqlanish
Muboh davolar bo‘la turib shariat harom qilgan dorilarni davo sifatida tavsiya qilmasligi kerak. Boshqa din vakili bilan musulmon doktor o‘rtasida bu borada ham farq bo‘lishi kerak. Tezroq natija berishi uchun harom dorilarni qo‘llamaslini va hojat va zarurat degan shar’iy chegaralarni bilishi kerak. Retsept yozishda ham dori sotuvchi oson tushinadigan aniq va tiniq qilib yozishi kerak. Ba’zi doktorlar dori sotuvchilar talabiga ko‘ra foydali davolar qatoriga gohida foydasi yo‘q yoki istemol qilsa ham qilmasa ham foyda zarari yo‘q dorilarni yozib berishadi. Bu ham bemor molini botil yo‘l bilan eyish bo‘lib harom sanaladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:57 | Savol-javoblar | 163 | Tabobat