Jarima evaziga sotib olingan kitob halolmi?

Assalomu alaykum! Men bir do‘stim bilan ingliz tilini yana ham mukammalroq o‘rganish uchun so‘z yodlash o‘ynini o‘ynamoqchimiz. O‘ynimiz shartlari ham bor. Biz bir kunda 100 yoki undan ham ko‘proq so‘zlarni yod olib, o‘sha yodlagan so‘zlarimizni tekshirish uchun bir-birimiz bilan savol-javob qilamiz. Agarda biz xato qilsak ya’ni o‘sha yodlagan so‘zlarimizdan biror so‘zni noto‘g‘ri aytsak yoki yodimizdan chiqib bilmasak, bir dona noto‘g‘ri so‘z uchun qanchadir so‘m miqdorida bir-birimizga jarima solamiz. Yig‘ilgan summaga ikkalamiz uchun ham kitob sotib olamiz. Agar biz shu jarimalar evaziga kitob sotib olsak, o‘sha kitoblar halol bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat! Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday qilmanglar. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 01:40 | Savol-javoblar | 163 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar