Aroq ichilgan xonada namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, choyxonada do‘stlar bilan o‘tirgan edik, asr vaqti bo‘lib qoldi, choyxona xodimlaridan namoz o‘qishga xona bormi deb so‘rasam, bitta xonani aytib, xozir bo‘shadi, shu xonaga kirib o‘qivoloring deyishdi. Ular aytgan xonaga kirsam, aroq va pivo idishlari turgan ekan, dasturxon yig‘ishtirilmagan xolatda edi, men choyxona xodimlaridan bundan boshqa bo‘sh xona bormi, deb so‘rasam, boshqa xonalar mexmonlar bilan bandligini aytishdi. Shundan so‘ng yana o‘sha xonaga qaytib kirib asr namozini o‘qidim. Lekin ko‘nglimda g‘ashlik paydo bo‘lib qoldi, aroq ichilgan, aroq idishlari turgan xonada namoz o‘qish aslida mumkinmi deb.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Namozingiz zimmangidan ado bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:57 | Savol-javoblar | 181 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar