Tuyg‘uga Xudo bo‘lmoq
Assalomu alaykum! Bir she’rda o‘qib qoldim, «Sen uchun to‘kilib ado bulaman, Maysaning dilida paydo bo‘laman. Xatto muxabbatga xudo bo‘laman, Faqat sen dilimgan to‘kilman turgin.» -bu erda shak keltirish eki gunoh bir ma’no bormi? Muxabbat (tuyg‘u)ga xudo bo‘laman deb o‘hshatish keltirilishi mumkinmi, yoki bu umuman mumkin bo‘lmagan so‘zmi, har qanday ma’noda ham xudo bo‘lishga da’vo qilmoqlik gunohmi? Bu she’rdagi ma’noni kimdir gunoh desa, kimdir beetibor ketmoqda, iltimos oydinlik kiritsangiz, Javob uchun avvaldan rahmat! Savolim kimningdir jahlini chiqarsa uzr so‘rayman!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Forslar ham turklar ham Xudo yoki Xudovand so‘zini eshitganlarida birinchi bo‘lib xayollariga Alloh taolo keladi. Shuning uchun qo‘shiqdagi so‘z noto‘g‘ri keltirilgan. Aslida Xudo forscha so‘z bo‘lib, podshoh ma’nosida ham ishlatiladi. Shayx Sa’diy o‘zlarining “Guliston” kitoblarida bir tilanchining podishohga “Xudovandi jahon” deb murojaat qilganini keltirganlar. Bir kishi ikkinchi kishiga "Sen kofirsan" desa, ikkovidan biri kofir bo‘ladi, chunki ikkinchi odam kofir bo‘lmasa, aytgan odamning o‘zi kofir bo‘ladi. Shuning uchun kufr masalasi bir og‘iz gap bilan hal qilinmaydi. Buning uchun o‘sha ishni qilgan odam, guvohlar, ahli ilmlar, muftiy, diniy idora vakillari to‘planib, voqeani muhokama qilish kerak. Kufr gapni aytgan odam uni nima niyatda, qay ahvolda, nima ma’noda aytdi – buning hammasi tafsiloti bilan o‘rganib chiqilishi kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:37 | Savol-javoblar | 174 | Aqiyda