namozimiz durustmi?

muhtaram Savolim quyidagicha: Men avtomobil ta’mirlash shahobchasiga (avtoservis) yaqinda ishga kirdim. Peshin vaqti ishdaligimga to‘g‘ri keladi. Kattalar bilan peshinni kiyinish xonasida o‘qib olamiz. Avvalroq e’tibor bermagan ekanman, kiyinish xonasi avval hammom bo‘lgan ekan. Kafel va quvurlardan anglab oldim. Lekin hozirda u xonadan hammom sifatida hech kim foydalanmaydi, kiyimlarini qo‘yadigan joy sifatida foydalanishadi, shunga moslab jixozlangan ham. Shu xonada namoz o‘qish joizmi? Bundan boshqa imkon yo‘q hamma er chang yana nomuslmonlar ham ishlaydi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Joiz.

26 May 2022, 22:23 | Savol-javoblar | 137 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar