Qabrga qo‘yishda tuproqqa dam solish

Assalomu alaykum! Mayit laxatga qo‘yilgandang so‘ng qabr tepasiga kim borgan bo‘lsa bir xovuch tuproq olib(kimdir tuf suf deydi, kimdir duo qiladi). Hammasi jamlanib laxadga uzatiladi va mayit chap yoniga to‘kiladi. Biron bir xadisda yoki buni qanday ma’nolari bor. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aslida bir xovuch degan narsa yo‘q.
Mayyit qabrining bosh tomonidan uch siqim tuproq tashlashi mustahabdir. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ رَسُول اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ صَلَّى عَلَى جِنَازَةٍ ، ثُمَّ أَتَى الْقَبْرَ فَحَثَى عَلَيْهِ مِنْ قِبَل رَأْسِهِ ثَلاَثًا. أَخْرَجَهُ أَحْمَدُ  Abu Hurayra roziallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir mayyitga namoz o‘qidilar. So‘ngra qabriga kelib, boshi tomonidan uch siqim tuproq tashladilar”.
Ahmad rivoyati.
Avvalgisida مِنْهَا خَلَقْنَاكُمْ ya’ni, “Biz sizlarni undan yaratdik”, ikkinchisida وَفِيهَا نُعِيدُكُمْ “Unga qaytarurmiz”, uchinchisida esa  وَمِنْهَا نُخْرِجُكُمْ تَارَةً أُخْرَى “Va sizlarni yana boshqattan undan chiqarurmiz”, deydi.
Bu Toha surasi 55-oyatidagi jumlalar bo‘lib, oyatning to‘lig‘i quyidagicha: مِنْهَا خَلَقْنَاكُمْ وَفِيهَا نُعِيدُكُمْ وَمِنْهَا نُخْرِجُكُمْ تَارَةً أُخْرَى  “Biz sizlarni undan (erdan) yaratdik, unga qaytarurmiz va (qiyomat kunida) sizlarni yana boshqattan undan chiqarurmiz”. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:47 | Savol-javoblar | 168 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar