E-471 haqida ma’lumot

Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, savolim quyidagicha Kuni kecha internet saxifalarida biz kundalik istemol qiladigan kofelar tarkibida E-471 kodi bilan belgilangan tabiiy ruschasiga aytganda pishevoy dobavka borligi va bu cho‘chqadan olinadigan yog‘ ekanligi ma’lum bo‘lganligi haqida malumot tarqaldi. Shu xaqida malumot bersangizlar. Bunday qo‘shimchalari bor narsalarni istemol qilish mumkinmi yo bu harommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom!  Nimaligini bilmaymiz. Gumon bilan harom bo‘lmaydi.
Shariatimizda ikki narsa asosiy qoida qilib olingan.
Birinchisi: Asli harom bo‘lgan narsaning shar’iy yo‘l bilan halol qilingani sobit bo‘lmagunicha u haromligicha qoladi.  Masalan, go‘shti eyiladigan hayvonlar shariatga muvofiq so‘yilmasa, ularning qoni chiqib ketmagani va Allohning ismlaridan birortasi zikr qilinmagani uchun go‘shti haromligicha qoladi. Tasmiya aytib so‘yilgani aniq bo‘lgachgina halol deb hukm qilinadi.
Ikkinchisi: Asli halol bo‘lgan narsalarning biror yo‘l bilan harom qilingani sobit bo‘lmasa, ular halolligicha qoladi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 17:16 | Savol-javoblar | 264 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar