Azon ovozini eshitib
Assalomu alaykum! Qilayotgan xayrli xizmatlaringga Alloh o‘zi ajr bersin! Men masjidga yaqin turaman. Deyarli har vaqt namozni kanda qilmaslikka harakat qilaman. Lekin Har safar azon o‘qilyotganini eshitganimda ishim tufayli masjidga borolmay qolgan paytlarim nima qilishni bilmayman. Azon o‘qilyotganini eshitib masjidga bora olmasak qanday yo‘l tutgan maqbul: barcha ishni yig‘ishtirib azonni qo‘shilib aytish joizmi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! TEMIRChINING QISSASI Dadam Muhammad Shafe’ Usmoniyning bir hikoyasi bor edi. Abdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayhi etuk faqih, muhaddis va Allohning do‘sti edi. Alloh taolo u kishiga baland martaba ato qilgan edi. Vafot topganida bir kishi tushida u zotni ko‘rdi va: «Alloh sizga qanday muomala qildi?» deb so‘radi. Abdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayhi «Alloh taolo meni mag‘firat qildi, fazliga olib, ulkan marhamat ko‘rsatdi, lekin menga uyimning ro‘parasidagi temirchiga berilgan maqom nasib bo‘lmadi», dedi. Kishi uyqudan uyg‘ondi, dilida temirchining kimligi va qanday qilib Abdulloh ibn Muborakka berilmagan narsa unga berilganligini o‘ylab qoldi va Abdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayhining mahallasiga bordi.
Surishtirib ko‘rsa, haqiqatda u kishining uyining ro‘parasida bir temirchi bo‘lib, u ham vafot topgan ekan. Borib, temirchining xotinidan: «Eringiz nima qilar edi?» deb so‘radi va tushida ko‘rganlarini aytib berdi. Ayol: «Erim temirchi edi, kun bo‘yi ishlar, kechasi esa uxlardi. Kechasi Abdulloh ibn Muborakning tahajjud o‘qishiga havasi kelib, hasrat qilib, «Biz ham kengchilikda bo‘lganimizda, men ham tuni bilan tahajjud o‘qir edim», der edi. Ikkinchisi – u ishlayotganida qulog‘iga azon tovushi kirsa, mabodo bolg‘asini tepaga ko‘targan bo‘lsa, shuni urib qo‘yayin, demasdi. O‘sha zahoti bolg‘asini pastga tushirar va «Azonni eshitganimdan keyin menga bolg‘ani ushlab turish yarashmaydi», der edi va masjiga qarab ketar edi», dedi. Tush ko‘rgan kishi: «Abdulloh ibn Muborakdan ham martabasining yuqori bo‘lishiga shu narsa sabab bo‘lgan ekan», dedi. E’tibor bering, temirchi ham halol rizq talabida edi. Azon eshitilib, birinchi darajadagi farz bilan ikkinchi darajadagi farz to‘qnash kelgan edi, birinchi darajadagisini ustun qo‘ydi va Alloh buyuk muhaddislarga bermagan maqomga erishdi. NIHOYaTDA KENG QAMROVLI DUO Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizni rizq talabiga targ‘ib qilar ekanlar, shu bilan birga bu narsa bizning hayotimizning asliy maqsadi, rag‘batimizning intihosi bo‘lmasligi kerakligni ham o‘rgatdilar. من دعاء الرسول صلي الله عليه وسلم: "اللهم لا تجعل الدنيا أكبر هَمِّنَا، ولا مبلغ علمنا ولا غاية رغبتنا" رواه الترمذي «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z duolarida: «Allohim, dunyoni tashvishimizning eng kattasi, ilmimizning etib borgan joyi va rag‘batimizning barchasi qilib qo‘ymagin!» dedilar».
Xulosa qiladigan bo‘lsak, bu hadisdan uch narsa ma’lum bo‘ladi.
1. Halol rizq talab qilish dinning bir bo‘lagidir.
2. Talabimiz haloldan bo‘lsin va haromdan saqlanaylik.
3. Rizq talab qilishning o‘rnini bilaylik. U oliy maqsadimiz bo‘lib qolmasin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:02 | Savol-javoblar | 146 | Islam