Qur’onni o‘zbekchasi o‘qilganda sajda qilish

Assalomu alaykum! Qur’oni karimni o‘zbekcha tarjimasini o‘qisa sajdai savx qilinadimi? Bir domladan so‘rasam q.ilinish kerak degandek qildilar. O‘zlari ham ikkilandilar, shunga nima qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar o‘zbekcha ma’nosini o‘zini o‘qisangiz tilovat sajdasini qilmaysiz. Arabchasini yoki transkriptsiyasini tilovat qilsangiz sajda qilasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:02 | Savol-javoblar | 151 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar