Vangani kitobini o‘qish kufrmi

Assalomu alaykum! Men bir necha yil avval vangani kitobini o‘qigandim. Va o‘sha paytlar u kitobdagi bazi narsalar bo‘layabti deb o‘ylab qolar edim va uni bir qancha odamga ham aytgandim. Hozir esa unaqa narsalaga ishonmayman. Men kufr keltirib qo‘ymaganmanmi? Nima qilishim kerak endi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bundan keyingi hayotingizni taqvo asosida bo‘lishiga harakat qiling. Tavba va istig‘forda bo‘ling. Hozirgi kunda musulmon erkak va muslima ayollarimiz ham dunyoviy fanlardan yaxshigina ma’lumotlarga ega bo‘lishlari kerak bo‘lmoqda. Ular farz yoki vojib bo‘lgani uchun emas, o‘zgalar musulmonlarni ahmoq qilmoqchi bo‘lganlarida nima qilmoqchi ekanliklarini bilishi uchun. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 19:59 | Savol-javoblar | 159 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar