Hadisda zikr qilingan chaqaloqlar

Assalomu alaykum! 1. Men bir hadisni o‘qigandim, o‘sha hadisni topa olmayapman iltimos yordam berishinglarni so‘riman. U hadisda shu ma’nodagi gaplar bor edi: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shu paytgacha 3 ta go‘dak chaqaloq gapirgan 1-Iso alayxissalom 2-Yusuf alayxissalomga guvoxlik bergan chaqaloq 3-ismi esimda yo‘q onasining qarg‘ishi tufayli tuxmatga uchragan bir solix odamga guvoxlik bergan chakaloq 2. Internetdan bir rivoyat eshitib qoldim unda payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam merojga chiqqanlarida Jabroil alayxissalom payg‘ambarimizga Fir’avn qizining xizmatchi ayoli xaqida gapirib bergan ekanlar. Unda aytilishicha Fir’avn o‘sha xizmatchi ayolni va uning bolalarini musulmon bo‘lganliklari uchun o‘ldirgan ekan. Xizmatchi ayolning oxirgi chaqalog‘i tilga kirib gapirgan ekan. Ushbu rivoyat sahih hadismi? Chunki birinchi hadisda bu chaqaloq haqida o‘qimagandim. Iltimos shu haqida aniqlik kiritib berishinglarni so‘riman, xatolarim uchun oldindan uzr so‘riman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Aslida chaqaloqligida gapirganlar to‘rttadan ko‘pchilikni tashkil qiladilar. Ular haqida kelgan hadislarning ba’zilar sahih ba’zilar zaif. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ: رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَمْ يَتَكَلَّمْ فِي الْمَهْدِ إِلَّا ثَلَاثَةٌ: عِيسَى، وَكَانَ فِي بَنِي إِسْرَائِيلَ رَجُلٌ يُقَالُ لَهُ جُرَيْجٌ، كَانَ يُصَلِّي، جَاءَتْهُ أُمُّهُ فَدَعَتْهُ، فَقَالَ: أُجِيبُهَا أَوْ أُصَلِّي؟ فَقَالَتِ: اللَّهُمَّ لَا تُمِتْهُ حَتَّى تُرِيَهُ وُجُوهَ الْمُومِسَاتِ. وَكَانَ جُرَيْجٌ فِي صَوْمَعَتِهِ، فَتَعَرَّضَتْ لَهُ امْرَأَةٌ وَكَلَّمَتْهُ فَأَبَى، فَأَتَتْ رَاعِيًا، فَأَمْكَنَتْهُ مِنْ نَفْسِهَا، فَوَلَدَتْ غُلَامًا، فَقَالَتْ: مِنْ جُرَيْجٍ. فَأَتَوْهُ فَكَسَرُوا صَوْمَعَتَهُ، وَأَنْزَلُوهُ وَسَبُّوهُ، فَتَوَضَّأَ وَصَلَّى ثُمَّ أَتَى الْغُلَامَ فَقَالَ: مَنْ أَبُوكَ يَا غُلَامُ؟ قَالَ: الرَّاعِي. قَالُوا: نَبْنِي صَوْمَعَتَكَ مِنْ ذَهَبٍ؟ قَالَ: لَا، إِلَّا مِنْ طِينٍ. وَكَانَتِ امْرَأَةٌ تُرْضِعُ ابْنًا لَهَا مِنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ، فَمَرَّ بِهَا رَجُلٌ رَاكِبٌ ذُو شَارَةٍ، فَقَالَتِ: اللَّهُمَّ اجْعَلِ ابْنِي مِثْلَهُ. فَتَرَكَ ثَدْيَهَا، وَأَقْبَلَ عَلَى الرَّاكِبِ فَقَالَ: اللَّهُمَّ لَا تَجْعَلْنِي مِثْلَهُ. ثُمَّ أَقْبَلَ عَلَى ثَدْيِهَا يَمَصُّهُ - قَالَ أَبُو هُرَيْرَةَ: كَأَنِّي أَنْظُرُ إِلَى النَّبِيِّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَمَصُّ إِصْبَعَهُ - ثُمَّ مُرَّ بِأَمَةٍ، فَقَالَتِ: اللَّهُمَّ لَا تَجْعَلِ ابْنِي مِثْلَ هَذِهِ. فَتَرَكَ ثَدْيَهَا فَقَالَ: اللَّهُمَّ اجْعَلْنِي مِثْلَهَا. فَقَالَتْ: لِمَ ذَاكَ؟ فَقَالَ: الرَّاكِبُ جَبَّارٌ مِنَ الْجَبَابِرَةِ، وَهَذِهِ الْأَمَةُ يَقُولُونَ: سَرَقْتِ زَنَيْتِ. وَلَمْ تَفْعَلْ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Beshikda faqat uchtasi gapirgan:
Iyso;
Banu Isroilda Jurayj degan kishi bor edi. U namoz o‘qiyotgan edi, onasi kelib qolib, uni chaqirdi. U unga javob bersammikan yoki namoz o‘qiyversammikan, deb qoldi. Shunda onasi: «Allohim! Unga fohishalarning yuzini ko‘rsatmaguningcha o‘ldirma», dedi. Jurayj o‘z uzlatgohida edi. Bir ayol unga ro‘baro‘ kelib, gap otgan edi, 
(Jurayj) ko‘nmadi. Shunda ayol bir cho‘ponning oldiga borib, unga o‘zini topshirdi va bir bola tug‘ib, «Bu Jurayjdan bo‘lgan», dedi. Shunda uning oldiga kelib, uzlatgohini buzib tashlashdi, o‘zini tushirib yuborishdi va haqoratlashdi. Shunda u tahorat olib, namoz o‘qidi. So‘ngra bolaning oldiga kelib: «Otang kim, ey bola?» dedi. U: «Cho‘pon», dedi. (Shundan keyin) odamlar: «Uzlatgohingni oltindan qurib beramiz», deyishdi. U: «Yo‘q, faqat loydan (qurasiz)», dedi;
Banu Isroillik bir ayol o‘g‘lini emizayotgan edi, uning oldidan bir ko‘rkam otliq kishi o‘tib qoldi. Ayol: «Allohim, o‘g‘limni shunga o‘xshatgin», dedi. Shunda bola uning ko‘kragini tashlab, otliqqa burildi-da: «Allohim, meni unga o‘xshatib qo‘ymagin», dedi. So‘ng yana 
(onasining) ko‘kragiga burilib, uni so‘ra boshladi. – Abu Hurayra: «Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamning o‘z barmoqlarini so‘rayotganlari hamon ko‘z o‘ngimda», dedi. – Keyin bir cho‘ri olib o‘tildi. Ayol: «Allohim, o‘g‘limni mana shunga o‘xshatib qo‘ymagin», dedi. Shunda bola uning ko‘kragini tashladi-da: «Allohim, meni shunga o‘xshatgin», dedi. Shunda ayol: «Nima uchun?» dedi. (Bola): «Otliq zo‘ravonlardan biri edi. Mana bu cho‘riga esa: «O‘g‘rilik qilgansan, zino qilgansan», deyishyapti, biroq u bunday qilmagan», dedi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). عن ابن عباس رضي الله عنهما أن النبي صلى الله عليه وسلم قال: لم يتكلم في المهد إلا أربعة: عيسى، وشاهد يوسف، وصاحب جريج، وابن ماشطة فرعو رواه الحاكم وأحمد والبزار  Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Beshigida turib gapirganlar to‘rttadir. Iyso, Yuusufning guvohi, Jurayjning sohibi va Fir’avn soch tarovchisining o‘g‘li. عَنْ صُهَيْبٍ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ -صلى الله عليه وسلم- قَالَ « كَانَ مَلِكٌ فِيمَنْ كَانَ قَبْلَكُمْ وَكَانَ لَهُ سَاحِرٌ فَلَمَّا كَبِرَ قَالَ لِلْمَلِكِ إِنِّى قَدْ كَبِرْتُ فَابْعَثْ إِلَىَّ غُلاَمًا أُعَلِّمْهُ السِّحْرَ. فَبَعَثَ إِلَيْهِ غُلاَمًا يُعَلِّمُهُ فَكَانَ فِى طَرِيقِهِ إِذَا سَلَكَ رَاهِبٌ فَقَعَدَ إِلَيْهِ وَسَمِعَ كَلاَمَهُ فَأَعْجَبَهُ فَكَانَ إِذَا أَتَى السَّاحِرَ مَرَّ بِالرَّاهِبِ وَقَعَدَ إِلَيْهِ فَإِذَا أَتَى السَّاحِرَ ضَرَبَهُ فَشَكَا ذَلِكَ إِلَى الرَّاهِبِ فَقَالَ إِذَا خَشِيتَ السَّاحِرَ فَقُلْ حَبَسَنِى أَهْلِى. وَإِذَا خَشِيتَ أَهْلَكَ فَقُلْ حَبَسَنِى السَّاحِرُ. فَبَيْنَمَا هُوَ كَذَلِكَ إِذْ أَتَى عَلَى دَابَّةٍ عَظِيمَةٍ قَدْ حَبَسَتِ النَّاسَ فَقَالَ الْيَوْمَ أَعْلَمُ آلسَّاحِرُ أَفْضَلُ أَمِ الرَّاهِبُ أَفْضَلُ فَأَخَذَ حَجَرًا فَقَالَ اللَّهُمَّ إِنْ كَانَ أَمْرُ الرَّاهِبِ أَحَبَّ إِلَيْكَ مِنْ أَمْرِ السَّاحِرِ فَاقْتُلْ هَذِهِ الدَّابَّةَ حَتَّى يَمْضِىَ النَّاسُ. فَرَمَاهَا فَقَتَلَهَا وَمَضَى النَّاسُ فَأَتَى الرَّاهِبَ فَأَخْبَرَهُ فَقَالَ لَهُ الرَّاهِبُ أَىْ بُنَىَّ أَنْتَ الْيَوْمَ أَفْضَلُ مِنِّى. قَدْ بَلَغَ مِنْ أَمْرِكَ مَا أَرَى وَإِنَّكَ سَتُبْتَلَى فَإِنِ ابْتُلِيتَ فَلاَ تَدُلَّ عَلَىَّ . وَكَانَ الْغُلاَمُ يُبْرِئُ الأَكْمَهَ وَالأَبْرَصَ وَيُدَاوِى النَّاسَ مِنْ سَائِرِ الأَدْوَاءِ فَسَمِعَ جَلِيسٌ لِلْمَلِكِ كَانَ قَدْ عَمِىَ فَأَتَاهُ بِهَدَايَا كَثِيرَةٍ فَقَالَ مَا هَا هُنَا لَكَ أَجْمَعُ إِنْ أَنْتَ شَفَيْتَنِى فَقَالَ إِنِّى لاَ أَشْفِى أَحَدًا إِنَّمَا يَشْفِى اللَّهُ فَإِنْ أَنْتَ آمَنْتَ بِاللَّهِ دَعَوْتُ اللَّهَ فَشَفَاكَ. فَآمَنَ بِاللَّهِ فَشَفَاهُ اللَّهُ فَأَتَى الْمَلِكَ فَجَلَسَ إِلَيْهِ كَمَا كَانَ يَجْلِسُ فَقَالَ لَهُ الْمَلِكُ مَنْ رَدَّ عَلَيْكَ بَصَرَكَ قَالَ رَبِّى. قَالَ وَلَكَ رَبٌّ غَيْرِى قَالَ رَبِّى وَرَبُّكَ اللَّهُ. فَأَخَذَهُ فَلَمْ يَزَلْ يُعَذِّبُهُ حَتَّى دَلَّ عَلَى الْغُلاَمِ فَجِىءَ بِالْغُلاَمِ فَقَالَ لَهُ الْمَلِكُ أَىْ بُنَىَّ قَدْ بَلَغَ مِنْ سِحْرِكَ مَا تُبْرِئُ الأَكْمَهَ وَالأَبْرَصَ وَتَفْعَلُ وَتَفْعَلُ . فَقَالَ إِنِّى لاَ أَشْفِى أَحَدًا إِنَّمَا يَشْفِى اللَّهُ. فَأَخَذَهُ فَلَمْ يَزَلْ يُعَذِّبُهُ حَتَّى دَلَّ عَلَى الرَّاهِبِ فَجِىءَ بِالرَّاهِبِ فَقِيلَ لَهُ ارْجِعْ عَنْ دِينِكَ. فَأَبَى فَدَعَا بِالْمِئْشَارِ فَوَضَعَ الْمِئْشَارَ فِى مَفْرِقِ رَأْسِهِ فَشَقَّهُ حَتَّى وَقَعَ شِقَّاهُ ثُمَّ جِىءَ بِجَلِيسِ الْمَلِكِ فَقِيلَ لَهُ ارْجِعْ عَنْ دِينِكَ. فَأَبَى فَوَضَعَ الْمِئْشَارَ فِى مَفْرِقِ رَأْسِهِ فَشَقَّهُ بِهِ حَتَّى وَقَعَ شِقَّاهُ ثُمَّ جِىءَ بِالْغُلاَمِ فَقِيلَ لَهُ ارْجِعْ عَنْ دِينِكَ. فَأَبَى فَدَفَعَهُ إِلَى نَفَرٍ مِنْ أَصْحَابِهِ فَقَالَ اذْهَبُوا بِهِ إِلَى جَبَلِ كَذَا وَكَذَا فَاصْعَدُوا بِهِ الْجَبَلَ فَإِذَا بَلَغْتُمْ ذُرْوَتَهُ فَإِنْ رَجَعَ عَنْ دِينِهِ وَإِلاَّ فَاطْرَحُوهُ فَذَهَبُوا بِهِ فَصَعِدُوا بِهِ الْجَبَلَ فَقَالَ اللَّهُمَّ اكْفِنِيهِمْ بِمَا شِئْتَ. فَرَجَفَ بِهِمُ الْجَبَلُ فَسَقَطُوا وَجَاءَ يَمْشِى إِلَى الْمَلِكِ فَقَالَ لَهُ الْمَلِكُ مَا فَعَلَ أَصْحَابُكَ قَالَ كَفَانِيهِمُ اللَّهُ. فَدَفَعَهُ إِلَى نَفَرٍ مِنْ أَصْحَابِهِ فَقَالَ اذْهَبُوا بِهِ فَاحْمِلُوهُ فِى قُرْقُورٍ فَتَوَسَّطُوا بِهِ الْبَحْرَ فَإِنْ رَجَعَ عَنْ دِينِهِ وَإِلاَّ فَاقْذِفُوهُ. فَذَهَبُوا بِهِ فَقَالَ اللَّهُمَّ اكْفِنِيهِمْ بِمَا شِئْتَ
فَانْكَفَأَتْ بِهِمُ السَّفِينَةُ فَغَرِقُوا وَجَاءَ يَمْشِى إِلَى الْمَلِكِ فَقَالَ لَهُ الْمَلِكُ مَا فَعَلَ أَصْحَابُكَ قَالَ كَفَانِيهِمُ اللَّهُ
فَقَالَ لِلْمَلِكِ إِنَّكَ لَسْتَ بِقَاتِلِى حَتَّى تَفْعَلَ مَا آمُرُكَ بِهِ. قَالَ وَمَا هُوَ قَالَ تَجْمَعُ النَّاسَ فِى صَعِيدٍ وَاحِدٍ وَتَصْلُبُنِى عَلَى جِذْعٍ ثُمَّ خُذْ سَهْمًا مِنْ كِنَانَتِى ثُمَّ ضَعِ السَّهْمَ فِى كَبِدِ الْقَوْسِ ثُمَّ قُلْ بِاسْمِ اللَّهِ رَبِّ الْغُلاَمِ
ثُمَّ ارْمِنِى فَإِنَّكَ إِذَا فَعَلْتَ ذَلِكَ قَتَلْتَنِى. فَجَمَعَ النَّاسَ فِى صَعِيدٍ وَاحِدٍ وَصَلَبَهُ عَلَى جِذْعٍ ثُمَّ أَخَذَ سَهْمًا مِنْ كِنَانَتِهِ ثُمَّ وَضَعَ السَّهْمَ فِى كَبِدِ الْقَوْسِ ثُمَّ قَالَ بِاسْمِ اللَّهِ رَبِّ الْغُلاَمِ. ثُمَّ رَمَاهُ فَوَقَعَ السَّهْمُ فِى صُدْغِهِ فَوَضَعَ يَدَهُ فِى صُدْغِهِ فِى مَوْضِعِ السَّهْمِ فَمَاتَ فَقَالَ النَّاسُ آمَنَّا بِرَبِّ الْغُلاَمِ آمَنَّا بِرَبِّ الْغُلاَمِ آمَنَّا بِرَبِّ الْغُلاَمِ
فَأُتِىَ الْمَلِكُ فَقِيلَ لَهُ أَرَأَيْتَ مَا كُنْتَ تَحْذَرُ قَدْ وَاللَّهِ نَزَلَ بِكَ حَذَرُكَ قَدْ آمَنَ النَّاسُ. فَأَمَرَ بِالأُخْدُودِ فِى أَفْوَاهِ السِّكَكِ فَخُدَّتْ وَأَضْرَمَ النِّيرَانَ وَقَالَ مَنْ لَمْ يَرْجِعْ عَنْ دِينِهِ فَأَحْمُوهُ فِيهَا. أَوْ قِيلَ لَهُ اقْتَحِمْ. فَفَعَلُوا حَتَّى جَاءَتِ امْرَأَةٌ وَمَعَهَا صَبِىٌّ لَهَا فَتَقَاعَسَتْ أَنْ تَقَعَ فِيهَا فَقَالَ لَهَا الْغُلاَمُ يَا أُمَّهِ اصْبِرِى فَإِنَّكِ عَلَى الْحَقِّ
 Suhayb roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Sizlardan avval o‘tgan ummatlardan birida bir podshoh o‘tgan. Uning sehrgari bor ekan. Sehrgar qariganda podshohga:
«Men qarib qoldim. Menga bir yosh yigit bersang, sehrni o‘rgatib qo‘ysam», dedi.
Podshoh unga sehr o‘rgatishi uchun bir yigitni berdi. Uning yo‘lida bir rohib (diniy olim) bor ekan. Yigit o‘sha rohib huzuriga kelib, uning so‘zlarini eshitib, ajablanib, (biroz vaqt) o‘tirib qolardi. Qachon u sehrgarni oldiga bormoqchi bo‘lsa, rohib oldidan o‘tar, uni oldida o‘tirar edi. Sehrgarning oldiga kech qolib borsa, urar ekan.
Yigit bu haqda rohibga shikoyat qildi. Shunda u:
«Qachon sehrgardan qo‘rqsang, «Uyimdagilar tutib qolishdi», degin. Uyingdagilardan qo‘rqsang, «Sehrgar tutib qoldi», degin», dedi.
Shunday qilib, u yo‘lda ketayotsa, ulkan, dahshatli bir hayvon odamlarni o‘tkazmay qo‘yganini ko‘rdi. Shunda yigit «Allohga sehrgarning ishi maqbulmi, rohibnikimi – biladigan kun keldi», deb xayolidan o‘tkazdi. Bir toshni olib:
Allohim, agar rohibning ishi senga sehrgarning ishidan ko‘ra ma’qulroq bo‘lsa, mana shu hayvonni o‘ldirgin, odamlar o‘tib ketsin», deb toshni otsa, hayvon o‘ldi va odamlar o‘tib ketdi. Gapni rohibga aytgan edi:
«Ey bolam, bugun sen mendan afzalsan, ishing men ko‘rib turgan narsaga etibdi, kelajakda balolarga giriftor bo‘lasan, o‘shanda mening sirimni birovga aytmagin», dedi.
Yigit ko‘r, pes va odamlarni boshqa dardlarini davolaydigan bo‘ldi. Podshohning ko‘r bo‘lib qolgan bir do‘sti eshitib qoldi. Yigitga ko‘p hadyalar keltirib:  
«Menga shifo bersang, mana shularning hammasi seniki», dedi.
«Shifoni men emas, Alloh beradi, agar iymon keltirsang, duo qilaman, senga shifo beradi», dedi yigit.
U iymon keltirdi. Alloh unga shifo berdi. So‘ng uning ko‘zi tuzalib, podshohning oldiga borib, oldin o‘ltirganidek o‘tirdi. Podshoh undan:
«Ey falonchi, ko‘zingni kim qaytarib berdi», deb so‘radi.
«Robbim», deb javob berdi u.
«Mendan boshqa Robbing bormi?» dedi podshoh.
U bo‘lsa:
«Mening ham, sening ham Robbimiz – Alloh», deb javob qildi.
Uni tutib, yigitga dalolat qilguncha azoblayverdi. Bas, yigit keltirildi. Podshoh unga:
«Ey bolam, sehring kuchli bo‘lib, ko‘r, pes va boshqa kasallarni davolaydigan bo‘libsan», dedi.
«Men hech kimga shifo bermayman, shifoni Alloh beradi», dedi yigit. Podshoh yigitni tutib, azoblab, oxiri rohib haqidagi ma’lumotni oldi. Rohibni keltirib, «Diningdan qayt», degan edi, ko‘nmadi. Boshidan arra solib, arralab, ikkiga bo‘lib tashlashdi. So‘ng podshohning do‘stiga «Diningdan qayt», deyishdi. U ham ko‘nmadi, uni ham arralab, ikkiga bo‘lib tashlashdi. So‘ngra yigitni keltirib, unga ham «Diningdan qayt», dedilar. U ham «Yo‘q», deb javob qilgach, podshoh bir guruh odamlariga:
«Yigitni tog‘ cho‘qqisiga olib chiqinglar, dinidan qaytsa, qaytdi, bo‘lmasa cho‘qqidan tashlab yuboringlar», deb buyurdi. Yigitni cho‘qqiga olib chiqishganda u:
«Allohim, O‘zing bilib, meni bulardan qutqargin», deb duo qildi. Tog‘ silkinib, hammalari cho‘qqidan qulab, halok bo‘lishdi. Yigit podshoh huzuriga qaytdi. Podshoh undan:
«Sheriklaringga nima bo‘ldi», deb so‘radi.
«Alloh meni ulardan qutqardi», deb javob berdi yigit. Podshoh yana bir guruh odamlarga yigitni topshirib:
«Buni qayiq bilan dengizni o‘rtasiga olib boringlar, dinidan qaytsa, qaytdi, bo‘lmasa cho‘ktirib yuboringlar», deb buyurdi. Uni olib ketishdi. Dengizda yigit:
«Allohim, O‘zing bilib, meni bulardan qutqargin», deb duo qildi. Qayiq ag‘darilib, podshohning barcha odamlari g‘arq bo‘lib, yigit yana podshohning oldiga bordi.
«Sheriklaringga nima bo‘ldi?» deb so‘radi podshoh.
«Alloh meni ulardan qutqardi», deb javob qildi yigit va podshohga:
«Mening aytganimni qilmaguningcha meni o‘ldira olmaysan.», dedi.
«U nima?» dedi podshoh.
Shunda yigit:
«Hamma odamlarni bir tepalikga to‘playsan, meni daraxt shoxiga osasan, o‘qdonimdan bir o‘q olasan, o‘qni kamonga qo‘yib, so‘ng «Yigitning Robbisi – Allohning nomi bilan», deb, kamondan otasan, shundagina meni o‘ldirishing mumkin», dedi.
Odamlar bir tepalikga jamlanishdi. Podshoh uni daraxt shohiga osib, o‘qni kamonga qo‘yib turib:
«Yigitning Robbisi – Allohning nomi bilan», deb otgan edi, o‘q yigitning ko‘ksiga tegdi. Yigit o‘q tekkan joyi ko‘kragini ushlab turib, vafot etdi. To‘plangan odamlar:
«Yigitning Robbisiga iymon keltirdik! Yigitning Robbisiga iymon keltirdik! Yigitning Robbisiga iymon keltirdik!» deyishdi. Podshohga kelib:
«Mana endi sen qo‘rqqan narsa Allohga qasam, batahqiq, sodir bo‘ldi, odamlarning hammasi iymonga keldi», deyildi.
Shunda podshoh ko‘chalarning og‘izlarida «uxdud» – chuqurlar qazishga farmon berdi. Ular qazildi. O‘tlar yoqildi. So‘ng podshoh:
«Kim dinidan qaytmasa, olovli chuqurlarga tashlansin! Yoki unga o‘zing kir», dedi. Odamlar shunday qildilar. Emizikli bolasi bor bir ayol ham o‘tga tashlash uchun keltirildi, u o‘zini tushishdan olib qochmoqchi bo‘lgan edi, go‘dak tilga kirib, «Sabr qiling, onajon, siz haq yo‘ldasiz», dedi».
Ibn Hajar rahmatullohi alayh: “Dahhok rahmatullohi alayh o‘z tafsirlarida Yahyo alayhissalomni ham chaqaloqligida gapirganlarini da’vosini qilgan” deganlar. Imom  Bag‘oviy ham o‘z tafsirlarida Ibrohim alayhissalomni go‘dakligida gapirganlarini zikr qilganlar. Imom Bayhaqiy “Dalolilul nubuvva”da Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zamonasida Mubarokul Yamamaning go‘dakligida gapirgani qissasini keltirganlar. 
Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 18:05 | Savol-javoblar | 271 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar