Kelishuv:Matizni 3 oyda 5500$ lik spark qilib berish

Assalomu alaykum! Men bir tanishim bilan 21.11.2021y kuni matiz moshinamni sotib pulini berganman va qaytarishga spark mashinasini (narxi 5500$ lik) olib berishga kelishgandik. Sparkni olib berish muddati 2022 fevral oyini oxirigacha edi, lekin kelishgan muddatdan o‘tib ketib mana xozir 10.08.2022 y. Mana xozir xanuzgacha moshinani olib bermayabdi, o‘sha 5500$ lik spark xozirgi kunda 6000-6500$ bo‘lib narxi ko‘tarilib ketdi. Shu tariqa menga moshina olib bermadi o‘rniga xozircha 2000$ bergan, (menga moshina olib berishini aytdi, riboga aralashib qolmaylik deb). Endi, umumiy qilib xisoblasa 5500$ berayabdi, men u odamga endi 6000$ qilib bering (500$ yordam qiling shuncha kutdirdingiz endi bu pulga 5500$ lik sparkni ololmayman dedim.) Bu odam meni shu kungacha pul o‘tkazib bermayabdi, pulim yo‘q deb aldab kelayabdi! Shu vaziyatda men 6000$ so‘rashim to‘g‘rimi va bu vaziyatda o‘sha odam menga kelishuvdagi moshinani yoki pulini berish joizmi yo bo‘lmasam xozirgi kundagi narx navo bilan (narxlar oshganligi uchun) moshinani olib berishi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kelishuvingiz shariatga zid va botil. Qancha pul bergan bo‘lsangiz o‘shani qaytarib olasiz. Undan ortig‘ini talab qilishga haqqingiz yo‘q. Vallohu a’lam!

20 Sentabr 2022, 22:29 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar