Taloq borasida

Assalomu alaykum! Hurmatli «Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati.  Bundan bir necha yillar avval «odnoklassniki» nomli ijtimoiy tarmoqqa kirib, u erda o‘tkaziladigan virtual intellektual o‘yinlarda qatnashardim. U o‘yinlarda erkaklar ham qatnashgani tufayli turmush o‘rtog‘imga bu qiziqishim ma’qul kelmay, menga «odnoklassniki»ga kirishimni ta’qiqlab, “agar yana kirsang taloqsan” deganlar.  Men shu bo‘yi bu ijtimoiy tarmoqqa kirmadim. Lekin ancha yillar o‘tgach Ramazon oyining qadr kechasida “Inshiroh” surasini izlab google ga kirib suo‘ov yuborganimda, menga bir necha saytlardan “Inshiroh” surasini topib berdi. Men avtomatik tarzda eng birinchi turgan saytga kirdim. Kirgach bilsam bu sura odnoklassniki sayti orqali taqdim etilgan ekan.  Men xech qanday gumonsiz surani ko‘chirib oldim.  Yana bir necha marotaba turli narsalarni izlash oqibatida g‘ayri ixtiyoriy va avtomatik tarzda(ya’ni parolni terib o‘z profilimga emas, aynan men izlagan ma’lumot taqdim etilgan saxifaga) bu saytdan foydalandim.  Endi oradan vaqt o‘tib, shubha ostida qoldim. Nahotki menga qilgan ehtiyotsizligim oqibatida taloq tushgan bo‘lsa? Allohdan O‘zi ayon berishini so‘rab duo qilib uxlab bir tush ko‘rdim.  Tushimda shayton menga vasvasa qilar, men esa unga bo‘ysunmayotgan emishman.  Hurmatli «Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati, iltimos shu vaziyatga oydinlik kiritib bersangizlar. Oldindan rahmat.  Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar siz o‘sha saytga qasddan yoki beixtiyor kirgan bo‘lsangiz ham sizga taloq tushgan. Shariatimizda bu kabi masalalar tomonlarning jonli majlisdagi ishtirokida, mutaxassis ahli ilm tomonidan ko‘rib chiqiladi. Sizlar ham o‘zingizga yaqin joydagi biron ahli ilmga murojaat qilinglar. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 18:24 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar