Jonliq so‘yishda Bismillahni dildan aytish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Barchamiz bilamizki jonliq so‘yilganda jonliq xalol bo‘lishi uchun Bismillahi Allohu Akbar deyish kerak. Agarda ushbu duolarni aytmasdan ko‘nglida niyat qilib jonliqni so‘ysa xalol bo‘ladimi? Bir otaxon ushbu duolarni aytmasdan ko‘ngilda niyat qilsa so‘yilayotgan jonlik xalol bo‘ladi deb aytdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Halol bo‘lmaydi. Ko‘ngilda niyat qilish Alloh taoloning quyidagi oayatiga tushmaydi. Alloh taolo “An’om” surasida msarhamat qiladi:  وَلاَ تَأْكُلُواْ مِمَّا لَمْ يُذْكَرِ اسْمُ اللّهِ عَلَيْهِ وَإِنَّهُ لَفِسْقٌ وَإِنَّ الشَّيَاطِينَ لَيُوحُونَ إِلَى أَوْلِيَآئِهِمْ لِيُجَادِلُوكُمْ وَإِنْ أَطَعْتُمُوهُمْ إِنَّكُمْ لَمُشْرِكُونَ۝ 121. Ustida Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni emanglar. Shubhasiz, u fisqdir. Albatta, shaytonlar o‘z do‘stlariga sizlar bilan tortishishni vasvasa qilurlar. Agar ularga itoat qilsangiz, albatta, sizlar ham mushriklar bo‘lursizlar.
Zikr qilish eng pasi o‘zining qulog‘i eshitadigan darajada Bismillahi Allohu akbarni aytishi bilan bo‘ladi. Undan pasti zikr qilish hisoblanmaydi. So‘yilgan hayvon harom bo‘lib qoladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:02 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar