O‘qigan namozini qayta o‘qish kerakmi

Assalomu alaykum! Bir kishi jamoat namoziga kechikib, qo‘shildi va oxirgi qadada o‘zi attaxiyot, salovat, duolarni o‘qidi, domlani salom berishini kutmasdan, kechikkan rakatlariga turib ketti, bunday o‘qilgan namozga shariatimiz nima deydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozi durust, ammo makruhi tahrimiyga qo‘l urgan bo‘ladi.وَمِنْهَا أَنَّهُ لا يَقُومُ قَبْلَ السَّلَامِ بَعْدَ قَدْرِ التَّشَهُّدِ إلَّا فِي مَوَاضِعَ إذَا خَافَ الْمَسْبُوقُ الْمَاسِحُ زَوَالَ مُدَّتِهِ أَوْ صَاحِبُ الْعُذْرِ خَافَ خُرُوجَ الْوَقْتِ أَوْ خَافَ الْمَسْبُوقُ فِي الْجُمُعَةِ دُخُولَ وَقْتِ الْعَصْرِ أَوْ دُخُولَ وَقْتِ الظُّهْرِ فِي الْعِيدَيْنِ أَوْ فِي الْفَجْرِ طُلُوعَ الشَّمْسِ أَوْ خَافَ أَنْ يَسْبِقَهُ الْحَدَثُ لَهُ أَنْ لا يَنْتَظِرَ فَرَاغَ الْإِمَامِ وَلَا سُجُودَ السَّهْوِ أَمَّا إذَا كَانَ لَا تَفْسُدُ الصَّلَاةُ بِخُرُوجِ الْوَقْتِ يُتَابِعُ وَكَذَا إذَا خَافَ الْمَسْبُوقُ أَنْ يَمُرَّ النَّاسُ بَيْنَ يَدَيْهِ لَوْ انْتَظَرَ سَلَامَ الْإِمَامِ قَامَ إلَى قَضَاءِ مَا سَبَقَ قَبْلَ فَرَاغِهِ. كَذَا فِي الْوَجِيزِ لِلْكَرْدَرِيِّ وَلَوْ قَامَ فِي غَيْرِهَا بَعْدَ قَدْرِ التَّشَهُّدِ صَحَّ وَيُكْرَهُ تَحْرِيمًا كَذَا فِي فَتْحِ الْقَدِيرِ وَالْبَحْرِ الرَّائِقِ وَإِنْ قَامَ قَبْلَ أَنْ يَقْعُدَ قَدْرَ التَّشَهُّدِ لَمْ يَجُزْ.وَلَوْ فَرَغَ الْمَسْبُوقُ قَبْلَ سَلَامِ الْإِمَامِ وَتَابَعَ الْإِمَامَ فِي السَّلَامِ قِيلَ: تَفْسُدُ، وَقِيلَ: لَا تَفْسُدُ وَبِهِ يُفْتَى. هَكَذَا فِي الْخُلَاصَةِ وَفَتْحِ الْقَدِيرِ. (Masbuqning hukmlaridan biri shuki) u tashahhud miqdoricha o‘tirgach imom salom bermasidan oldin (o‘tkazib yuborgan rakaatlarini o‘qish uchun) turmaydi. Magaram bir nechta holatlardagina turishi mumkin:
1) Mahsiga mash tortgan masbuq mash muddati chiqib ketishidan qo‘rqsa;
2) sohibi uzr namoz vaqti chiqishidan qo‘rqsa;
3) juma namozining farzidagi masbuq asr namozi vaqti kirib qolishidan qo‘rqsa;
4) iyd namozini o‘qiyotgan masbuq peshin vaqti kirib qolishidan qo‘rqsa;
5) bomdod namozini o‘qiyotgan masbuq quyosh chiqib qolishidan qo‘rqsa;
6) tahorati sinib qolishidan qo‘rqsa. Bunda holatlarda u imomning salom berishini ham (agar vojib bo‘lgan bo‘lsa) sajdai sahv qilishini ham kutmasdan turib ketib, o‘tkazib yuborgan rakaatlarini o‘qishi mumkin. Ammo agar vaqt chiqishi tufayli namozi buzulmaydigan holatda (peshin va xufton namozidagi kabi) bo‘lsa imomga ergashadi (ya’ni salom berishini kutadi). Shuningdek, masbuq agar imomning salomini kutadigan bo‘lsa insonlar uning oldidan o‘tib qolishlaridan qo‘rqsa ham imomning salomidan avval o‘tkazib yuborgan rakaatlarini o‘qishga turishi mumkin. “Vajiz” da shunday deyilgan. Agar yuqoridagi holatlardan boshqasida tashahhud miqdoricha o‘tirgach (imomning salomini kutmay) turib ketsa namozi durust, lekin makruhi tahrimiy amal bo‘ladi. Fathul Qodir va Bahrur roiqda shunday deyilgan. Agar tashahhud miqdoricha o‘tirmay turib ketsa namozi durust emas. Agar masbuq imomning salomidan avval (o‘tkazib yuborgan rakaatini) o‘qib olishga ulgursa va u bilan birga salom bersa bir qiylda namozi buzuladi, bir qiylda esa buzulmaydi. Shunisiga fatvo berilgan. Xulosa va Fathul Qodirda shunday deyilgan. (Fatovoi hindiyya). Vallohu a’lam!

27 Oktabr 2023, 20:53 | Savol-javoblar | 0 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar