Emagan haqimga lekin nomim aralashgan joyga javob berishim kerakmi?
Assalomu alaykum! Men bir inson bilan hozir biroz kelishmovchilikka kelib qoldim. Shuning uchun sizlardan bu masalada yordam so‘rab savolimni yo‘llamoqdaman. Men bir jamoaga qo‘shilib qoldim. Men u jamoaning ilovalari va saytlariga texnik xizmat ko‘rsatardim. U jamoa odamlarga online kurslar va darslar o‘tardi. Bir o‘quvchi kursda o‘qidi keyin kurs unga yoqmadi. U pulini qaytarib olmoqchi bo‘ldi. Kursda ustozlik qilgan odam aldaganini bergan vadalarini amalga oshirmaganini, darslari sifatsizligini, darslaridan xech narsa o‘rganmagani sabab pulni talab qilyotganini aytmoqda, kursni o‘qitgan va unga sotgan inson unga pulni qaytarishni xohlamadi. Kurs sotilayotganda saytida 90 kun ichida foyda olmasa kursni puli qaytarilishi haqida kurs egasi aytgandi. Keyin u o‘quvchi pulini mendan talab qilmoqda. Lekin menga kursdan tushgan pullarni 1 tiyini ham tegmagan. Men u insonga kursni sotmaganman ham. Lekin kursni o‘tayotgan insonlar mening nomimga ochilgan karta raqami orqali pulni qabul qilishgan. Shunga asoslanib u o‘quvchi mendan pulni talab qilmoqda. Savolimning asosiy mazmuni shundan iboratki u pullarni men yonimdan to‘lab berishim kerakmi? Men to‘lagan pullar u inson uchun halol bo‘ladimi? U inson agar pullarni men to‘lab bermasam mening pasporti ma’lumotlarni ommaga tarqatib ijtimoiy tarmoqlarda har hil guxuhlar ochib men haqida postlar yozib merni sharmanda qilmoqchi. Bu ishi to‘g‘rimi? Men u insonga bu masalani diniy tarzda hal qilishimiz haqida taklif berdim va savolimni yo‘llamoqdaman. Agar men bu erda nohaq bo‘lsa va o‘sha pullarni men to‘lab berishim kerak bo‘lsa men o‘sha pullarni to‘lab bermoqchiman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘quvchi bilan tuzilgan shartnomada qanday shartlar qo‘yilgani bizga noma’lum. Umumiy holatda, o‘quvchi dars olish uchun kim bilan shartnoma tuzgan bo‘lsa, o‘sha bilan xusumatlashishi lozim. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 12:13 | Savol-javoblar | 131 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘quvchi bilan tuzilgan shartnomada qanday shartlar qo‘yilgani bizga noma’lum. Umumiy holatda, o‘quvchi dars olish uchun kim bilan shartnoma tuzgan bo‘lsa, o‘sha bilan xusumatlashishi lozim. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 12:13 | Savol-javoblar | 131 | Halol va harom