Maslaxatga juda muxtojman
Hazrat men befarzand ayolman. Allohimning sinovlari ekan. Ho‘jayinim 2 nafar farzandi bor ayolga uylandilar. Meni tashlamaslika, birga yashashga so‘z bergandilar. U kelin uyga o‘rganguncha 1 oy muhlat berishimni so‘ragandilar, rozi bo‘ldim. Mana oy o‘tgandan keyin juda qattiq o‘zgardilar. Mendan o‘zlarini olib qochadigan bo‘ldilar. Uyda oyim qo‘ymayaptilar, sen bilan yashashimga rozi bo‘lmayaptilar, boqqanimga rozi emasman, deb qon bosimlari ko‘tarilib ketyapti, qo‘yaqolaylik meni kechir, ikki ayolni boqish uchun, bir xil ko‘rish uchun boy bo‘lish kerak ekan, deydilar. Men oson deb o‘ylagan ekanman, deyaptilar. Sen boshqa turmush qil, seni qiynab qo‘ydim, deyaptilar. To uylanguncha umuman boshqacha va’dalar bergan edilar. Men boshqa turmushni istamasligimni, ko‘p yillik umrimiz birga o‘tganku deb turib oldim. Mana 6 oy buyon otamnikidaman. Ho‘jayinim faqat ishga olib borib yoki olib kelib qo‘yadilar. Ortiqcha mablag‘ ham so‘ramayman. Borgan sari mendan uzoqlashyaptilar. Maslahat bering, men bu vaziyatda nima qilishim kerak? O‘tgan kunlarimni eslab, xar kuni yig‘layman. O‘zim ham juda qiynalib ketdim...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Erga gapi o‘tadigan odamlar nasihat qilsin.
26 May 2022, 20:59 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Erga gapi o‘tadigan odamlar nasihat qilsin.
26 May 2022, 20:59 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar