Kafforat haqida
Assalomu alaykum! Bira yaqin kishim gunohli ish qildi va buni hech kimga aytmasligimni haqida va’da berishimni mendan iltimos qilib so‘radi. Men ham unga hech kimga aytmaslikka va’da berdim. Biroz vaqtdan so‘ng men yaqin kishimning oldiga borib bu ish yana takrorlansa birovlarga aytishim mumkinligini aytdim. Lekin yaqin kishim bu gunohli ishni yana qilgan yoki qilmaganligi bilmasdan bu sirni boshqa kishiga aytib qo‘ydim. Endi men va’damni buzgan hisoblanamanmi? Buning uchun kafforat to‘lashim kerakmi? Lekin hali men balog‘atga etmaganmanda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sirni saqlash vojibdir. Uni fosh qilgan bo‘lsangiz, gunohkor bo‘lasiz. Buning kafforoti yo‘q. Tavba qilish shart. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 22:47 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar