Do‘stimni benamoz bo‘lishi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, berayotgan javoblaringiz uchun oldindan rahmat. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Men 3 yildan beri xorijda ta’lim olaman, ishlayman. Xudoga shukur iloji boricha namoz o‘qiyman. Bir do‘stimni o‘z oldimga chaqirib oldim, birga ta’lim olish va ishlash maqsadida. Ammo do‘stim yonimga kelganidan keyin namozlarini tashlab, bekorchi keraksiz narsalarga vaqt sarflayapti. Namoziga, o‘qishiga umuman ahamiyat bermay qo‘ygan. U dunyoda savol javobidan qo‘rqaman. Oldimga kelishidan oldin 5 mahal namoz o‘qirdi. Men nima qilay? Do‘stimni oila a’zolari bilan gaplashib ortga qaytaraymi yoki o‘z holiga qo‘yaymi? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Namozga qaytarish uchun qo‘lingizdan nima kelsa o‘shani qiling. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:08 | Savol-javoblar | 139 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Namozga qaytarish uchun qo‘lingizdan nima kelsa o‘shani qiling. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:08 | Savol-javoblar | 139 | Namoz